Benidkt Kamberbetch Netflix ning yangi serialida

Benedikt Kamberbatch Netflix bilan “Erik” mini-serialida suratga tushish uchun muzokaralar olib bormoqda.

 

Serial voqealari 1980-yillarda Nyu-Yorkda boshlanadi. Syujet markazida taniqli qo‘g‘irchoqboz va Amerikadagi eng mashhur bolalar teledasturlaridan birining boshlovchisi Vinsent Sallivan joylashgan. Bosh qahramonning Edgar ismli yosh o‘g‘li izsiz g‘oyib bo‘lgach, Vinsentning hayoti pasayib keta boshlaydi. Giyohvandlikka berilib, uyidan ayrilib qoladi. Uning yagona do‘sti Erik ismli katta qo‘g‘irchoq bo‘lib, uni Edgarni topish uchun sayohatga chiqishga ko‘ndiradi.

 

Agar Kamberbetch va Netflix o‘rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlansa, u holda “Erik” serialida asosiy rollardan biri qo‘g‘irchoqboz rolini ijro etadi. Aktyor ilgari “Sherlok” va “Patrik Melroz” kabi mashhur shoularda markaziy qahramonlarni gavdalantirgan.

Azizbek
Azizbek

Zor bolardi menga netflix seriallari yoqadi

meni fikrimcha benedikka yarashmidi
meni fikrimcha benedikka yarashmidi

meni fikrimcha yarashmidi bu rol benedika