"Uzuklar hukmdori" filmini yangi qismlarini ko'ramizmi?

New Line Cinema va Warner Bros. Pictures Embracer Group bilan bir nechta “Uzuklar hukmdori” filmlarini suratga olish uchun uzoq muddatli shartnoma tuzdi. Ayni paytda ijodkorlar bo‘lajak filmlar uchun senariy yozishga kirishgan.

 

Muxlislarga ma’lumki, New Line Cinema va Warner Bros Pictures hamkorligi davomida Jon Tolkien olamiga asoslangan oltita film chiqdi. Bular “Uzuklar hukmdori” va “Xobbit” trilogiyasidir. Umuman olganda, oltita filmning barchasi 6 milliard dollardan ortiq daromad keltirdi va 17 ta Oskar mukofotini qo‘lga kiritdi.

  

Eslatib o‘tamiz, yaqinda chiqqan “Uzuklar hukmdori: Qudrat uzuklari” serialining kelishuvga hech qanday aloqasi yo‘q. 

Sardor
Sardor

Yengi ciqkaniga aloqasi yo diganda
Qudrat uzuklarini dovomi ciqadimi yoki eskisini dovomimi