"Kalmar o'yini" endi real hayotda sodir bo'ladimi?

AQShning "Netflix" kinoplatformasi joriy yilning kuzida Janubiy Koreyaning "Squid Game" (“Kalmar o`yini”) seriali asosida yangi realiti-shou namoyish etishga va’da berdi. Bu xaqda “Deadline” internet nashri xabar berdi.

 

Unga ko`ra, “Squid Game: The Challenge” nomli realiti-shou premerasi noyabr oyida bo`lib o`tadi. Unda 456 nafar ishtirokchi 4,56 million dollar miqdordagi yutuq uchun kurashadi. Bu tarixdagi eng ko`p mukofot puli va’da qilingan shou hisoblanadi. 

“Realiti-shou o`n qismdan iborat bo`ladi. Loyiha ishtirokchilari ushbu serialda ko`rsatilgan bir qator o`yinlarda real hayotda ham kurash olib boradi. Shuningdek, bellashuvga yangi shartlar ham kiritilgan”, deyiladi xabarda.

 

Avvalroq realiti-shouning tasvirga olish jarayonlarida ishtirok etganlar o`zlariga qilingan “shafqatsizlarcha” munosabat uchun "Netflix" ni sudga bermoqchi bo`lgan edi. Ushanda o`nlab o`yinchilar musobaqa doirasida soatlab sovuqda turishga majbur qilingan.

Ma’lumot uchun, 2021 yilda “Kalmar o`yini” ishtirokchilarning omon qolish yo`lidagi shafqatsiz kurashi haqidagi film “Netflix” tarixidagi eng mashhur serial deb topilgan. Film premeradan so`ng 25 kun ichida 111 million marta tomosha qilingan.

Siz ushbu tadbir shouga nima deysiz? Sizga taklif bo'lsa unda qatnashgan bo'lardingizmi? Fikrlaringizda izohda yozib qoldiring!

S
S

Zur bulardi

Asilbek
Asilbek

Manimcha bu shou da odam òldirilmaydi òyindan chetlashtirilishi mumkin pulni deb bir òyinda òlib ketaverish ahmoqlikdan boshqa narsa emas