"Wednesday" 2 mavsumi boshlanish arafasidami?

2022 yilda Netflix tomonidan taqdim etilgan “Wednesday” seriali yana qaytmoqda. Bu haqda Netflix o‘zining YouTube’dagi rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Filmning 1-mavsumi 8 qismdan iborat bo‘lib, tarmoqqa joylangan birinchi haftaning o‘zida soatiga 341,2 million marta ko‘rilgandi. 

 

Kecha, 18 iyun kuni esa kinokompaniya filmning navbatdagi mavsumi suratga olish jarayonida ekanligi haqida YouTube sahifasiga video joyladi.

Videoda filmning 1-mavsum qahramonlari kelasi qismlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan 4 ta voqea haqida gapirgan. Ularga ko‘ra:

 

• 1-mavsum oxirida mag‘lub etilgan Krekstounning uzugini asalari boquvchisi Yujin olgan bo‘lishi mumkin. Bu uzukni qo‘lga kiritgan odam Krekstounning qudratiga ega bo‘ladi. Yujin bu qudratdan uni tahqirlaganlardan o‘ch olish maqsadida foydalanishi mumkin;

So‘nggi qismda Uenzdey filmdagi dahshatli mahluq “Xayd”ning sohibi Laurel Geytsni mag‘lub qilgandi. Endi qizning o‘zi “Xayd”ga egalik qilishi mumkin;

 

8-qismda Laurel Geyts tomonidan o‘ldirilgan Professor Uems tirik bo‘lishi mumkin. Chunki filmda uning dafn marosimi ko‘rsatilmagan. Taxminlarga ko‘ra, Uems Adamslar oilasining xizmatkori Lunch ko‘rinishiga kirib olgan;

 

Navbatdagi mavsumda Adamslar oilasining yangi a’zosi ko‘rinish beradi. Qahramonlarning fikricha, bu Uenzdeyning buvisi bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, “Wednesday” dastlab amerikalik karikaturachi Charlz Addamsning suratlarida ko‘rinish bergan. 1964 yildan boshlab teleekranlarda paydo bo‘lishni boshlagan. U asosida gazeta karikaturalari, teleshoular va bir nechta film suratga olingan.


Deem
Deem

Wednesday

Xadicha
Xadicha

Zorakan Elkin xalikormadim baribr Jena Ortega Judaism

Judazor

Shaxboz
Shaxboz
Bakhodir
Bakhodir

Tezroq chiqsin Rossa kutyapmiz 😉

.
.

Ajoyib davomini kutib qolaman👍👍👍

R
R

Ikkinchi mavsumni kutamiz

Shahzodbek
Shahzodbek

wenzday 2 сезон 1 серия qachon скора будет

😍😍😍

Raxmatillo
Raxmatillo

Bu safar wednesdayni sikiwgan saxnasiyam bosinee

Solejon
Solejon

2-mavsumni intizorlik bilan kutaman

Behruz
Behruz

2-mavsumni intizorlik bn kutib qolamiz