Toshkentda ilk IMAX kinoteatr ochildi (Foto)

U Tashkent City Mall’dagi 14 zaldan iborat “Cinematica” kinoteatrida joylashgan.

29-fevral kuni Tashkent City Mall’da O‘zbekistonda birinchi IMAX zaliga ega yangi “Cinematica” kinoteatrining ochilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Kinoteatr mamlakatdagi eng yangi va eng yirik savdo markazining 4-qavatida joylashgan. Kinoteatrning o‘zi IMAX zaliga qo‘shimcha ravishda ikki qavatli va 14 ta kinozalni o‘z ichiga olganligi bilan ajralib turadi.

IMAX zali 330 kishiga mo‘ljallangan. Ekranning kengligi 21 metr, balandligi 11,5 metrni tashkil etadi va bu boshqa kinozallarga qaraganda 2−3 barobar katta.

 

IMAX — bu kinoni yuqori sifatda ko‘rish imkonini beruvchi texnologiyalar kompleksi. Bu texnologiya tomoshabinlarni ekranga maksimal tarzda yaqin joylashishiga imkon beradi, buning hisobiga insoon ko‘zi ko‘rish maydoni ekran bilan to‘liq qoplanadi. IMAX’ning nomi ham aynan shundan kelib chiqqan. Ingliz tilidan Image Maximum, ya’ni “maksimal tavsir ma’nosini bildiradi.