Osmondagi bolalar 3 Filmi suratga olinadi!

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Oʻzbekfilm” kinokonserni DUK tomonidan “Osmondagi bolalar-3” badiiy filmi yaratiladi. 

Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati ma'lum qildi.

Film ssenariy muallifi va rejissyor Zulfiqor Musoqov.

“Osmondagi bolalar-3” toʻliq metrajli badiiy filmi avvalgi qismlarini takrorlamasdan oʻzgacha talqinda suratga olinadi. Unda “Osmondagi bolalar 1,2” filmlaridagi qadrdon qahramonlar Xurshid, Javohir, Hamdam va Baxtiyorlarning otalik maqomiga erishgani va farzandlari bilan munosabatlari aks etadi.

  

Zulfiqor Musoqov mashhur “Osmondagi bolalar” filmining yangi talqini haqida gapirdi:

— Menga telefon va ijtimoiy tarmoqlar orqali “Qachon “Osmondagi bolalar” filmini navbatdagi qismi chiqadi? Bizga qahramonlarning taqdiri qanday boʻlgani juda qiziq” degan koʻplab murojaatlar boʻldi. Bundan bilinadiki, tomoshabin ularni oʻzlari bilan bir hayotda yashayotgandek qabul qilgan.

Shundan soʻng, “Osmondagi bolalar-3” filmini ssenariysini yozdim. Uni Kinematografiya agentligi Badiiy kengashiga taqdim qildim. Kengash film ssenariysini ijobiy baholadi. Hozirda ijodiy guruh bilan mazkur kinofilm ustida ish boshlaganmiz.

Qahramonlar oʻsha-oʻsha. Aktyorlarga taklifimni aytganimda, ular bajonidil rozi boʻldi. Filmda Xurshid koʻzga koʻringan jarroh, Hamdam taniqli ssenarist, Javohir sport murabbiyi boʻlib yetishadi. Baxtiyor esa otasining izidan borib, biznes bilan shugʻullanadi.

Demak O'zbek kinosida yana bir durdona yaralish arafasida!

QkShNEKr
QkShNEKr