Aktrisa Skarlett Yoxansson rejissyorlik faoliyatida debyut ishini boshladi. Bu haqda Variety xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, ilk filmda Djun Skuibb (“Shmidt haqida”, “Nebraska”), Chivetel Edjofor (“12 yil qullik”, “Doktor Streynj”), Jessika Xeyt (“Do‘stlar”), Erin Kelliman (“Voz kechilganlar”) va boshqa aktyorlar suratga tushishi rejalashtirilgan. Film ssenariysi Tori Keymen qalamiga mansub.
Film “Eleonor. Ko‘rinmas odam” deb nomlanib, unda 90 yoshli Eleonor Morgenshteyn ismli ayol haqida so‘z boradi. Qahramon yaqin do‘stining vafotidan so‘ng o‘zini qo‘lga olish va ruhan tiklanish uchun Floridadan Nyu-Yorkka qarab yo‘l oladi.
Film TriStar Pictures va Sony Pictures Classics kompaniyalari tomonidan suratga olinadi.
Tasodifiy xabarlar
Kungfu panda 4 multfilimidan yangi video parcha
Transformerlar: Maxluqlar yuksalishi (Treyler)
"Yashirin bosqin" serialidan yangi rasmiy tizer
"Nimona" Netflixdan yangi animatsion film treyleri
"Jodugar" seriali 3 fasli mavsumidan yangi treyler
Sehr va afsungarlik haqidagi ajoyib filmlar