“Sumerki” filmi yulduzi Robert Pattinson tez orada ota bo‘ladi. 37 yoshli aktyor va 31 yoshli aktrisa Syuki Uoterxaus ayni kunlarda ota-ona bo‘lishga tayyorgarlik ko‘rmoqdalar.
Aktrisaning homilador ekani ilk marta 2023-yilning 21-oktyabr kuni taxmin qilingan edi: shu kuni Rob va Syuki Los-Anjelesda o‘tkazilgan gala-oqshomga birgalikda tashrif buyurishgan. Uoterxaus oqshomga uzun ko‘ylakda kelgan, suratga tushish vaqtida undagi yoqimli o‘zgarishni ko‘pchilik payqagan.
Muxlislarning taxminlari ko‘p o‘tmay o‘z isbotini topdi: paparatsilar yulduzli juftlikni sayrga chiqqan vaqtlarida suratga olishdi va Syukining homilador ekani maʼlum bo‘ldi.
Bu Robert Pattinsonning ham, Syuki Uoterxausning ham ilk farzandi. Ijodkorlar 2018-yildan buyon birga. Robert aktrisa Kristen Styuart, xonanda FKA Twigs bilan munosabatlariga nuqta qo‘yilgach, shaxsiy hayotiga oid tafsilotlarni ommaga oshkor qilishdan tiyila boshlagan. Shu boisdan ham Syuki Uoterxaus bilan kamdan-kam hollarda birga ko‘rinish beradi.
Tasodifiy xabarlar
Jonni Dep kinofestivalda muhlislar olqishiga sazovor bo'ldi
Burak O‘zchivit 40 million dollarga baholangan o‘zbek tarixiy filmida suratga tushadi
"Shrek 5" multfilmi qachon chiqishi ma'lum bo'ldi
Netflix 2025 yilda qanday seriallarni vada qilmoqda
"Biz barchamiz o'likmiz" seriali kadr orti jarayoni(Video)
Zorro haqidagi yangi filmni tomosha qilamiz