“Dyuna. Ikkinchi qism” filmi nafaqat rejissyor Deni Vilnyov karyerasidagi, balki jahon prokatidagi eng ommabop filmga aylandi. Bu haqda People Talk nashri xabar bermoqda.
Sikvelning AQSH va butun dunyodagi umumiy prokati 2021-yilda chiqqan “Dyuna” ning birinchi qismi (433 million dollar) dan ham o‘zib ketdi.
Film ilk bor AQSHda namoyish etildi va uch kun ichida 81,5 million dollar to‘pladi. Taxminan ikki hafta davomida filmning kassa daromadi salkam 500 million dollarni tashkil etdi.
Filmda Pol Atrid va fremenlarning afsonaviy sayohati haqida hikoya qilinadi. Ular oilasini vayron qilganlardan qasos olish va galaktikani yovuz baron Xarkonnendan qutqarish yo‘lida birlashadi.
Tasodifiy xabarlar
“Bola va qarqara” filmi AQSh prokatida birinchi o‘rinni egallagan tarixdagi ilk anime bo‘ldi
"Jon Uik 4" filmidan rasmiy final treyler
Anjelina Jolie biografiyasi aktrisa haqidagi siz bilmagan ma'lumotlar
Garri Potter birinchi marta ota bo'ladi
"Supermen" 2025 filmidan birinchi rasmiy treyler
Benedikt Kamberbetch yangi rol uchun qiyofasini tubdan o‘zgartirdi