Taniqli kinorejissyor Stiven Spilbergning “Oʻzga sayyoralik” filmi uchun yasalgan mexanik model kimoshdi savdosida 2,56 million AQSh dollariga sotildi.
Auksion “Julien” kimoshdi savdo uyi va “Turner Classic Movies” kompaniyasi hamkorligida oʻtkazilgan boʻlib, oʻzga sayyoralik modeli ikki kun davom etgan kimoshdi savdosining eng qimmat lotiga aylangan.
Mexanik qoʻgʻirchoq 1981-yilda maxsus effektlar boʻyicha dizayner Karlo Rambaldi tomonidan yasalgan. Suratga olish ishlari vaqtida uni 12 nafar animator 85 ta sim yordamida harakatlantirgan. Ushbu model kino olamiga kompyuter grafikasi yordamida hosil qilinadigan effektlar kirib kelgunigacha boʻlgan davrning haqiqiy shedevrlaridan biri hisoblanadi.
Eslatib oʻtamiz, “Oʻzga sayyoralik” filmi Spilberg tomonidan 1982-yilda suratga olingan. Undagi bosh rollarni Genri Tomas va Dryu Berrimor ijro etgan. Film 4 ta nominatsiya boʻyicha “Oskar” mukofotiga munosib deb topilgan.

Tasodifiy xabarlar
Qora kanareyka yangi jangari film rasmiy treyleri
"Isyonkor Oy" Zak Snayderning yangi filmidan rasmiy treyler
"Yulduzlar jangi" seriali yangi fasl qismlarini ko'ramizmi?
Rik va Morty 7 mavsumi fasli ilk rasmiy tizeri Rik va Morti animatsion serialidan yangi tizer
"Millerning qizi" Jenna Ortega ishtirokidagi yangi film treyleri
"Yura davri dunyosi 4" filmini suratga olish ishlari yakunlandi