Taniqli amerikalik rejissyor Kventin Tarantino intervyulardan birida kino tarixidagi eng yaxshi film qaysi ekanligi haqida gapirdi.
Uning fikricha Stiven Spilbergning 1975-yildagi “Jaws” filmi ushbu nomga mutlaqo loyiq.
“Kinoloyiha nuqtai nazaridan, Jawsdan yaxshiroq narsa yo‘q. Bu shu paytga qadar yaratilgan eng yaxshi film”, - deya ta‘kidladi Tarantino.
Tarantino ta‘kidlaganidek, ko'plab rejissyorlar “Jaws” filmining muvaffaqiyatini takrorlashga harakat qilishgan. Ammo hozircha hech kim bunga erisha olmagan.
Stiven Spilbergning katta oq akulaning sohil shaharchasiga hujum qilishi haqidagi “Jaws” filmi 1975-yil 20-iyunda ekranlarga chiqdi va bu sana kinematografiyani butunlay oʻzgartirdi. Film uchta “Oskar” mukofotini oldi.


Tasodifiy xabarlar
Isyonkor Oy filmi O'zbek tilida yangi rasmiy treyler
"Iyul" oyida bizni kutayotgan katta Premyeralar
Yo'qolgan yerlarda yangi jangari triller rasmiy treyleri
Transformerlar: Bir multfilmidan oxirgi rasmiy treyler
Venom 3: So'ngi raqs filmidan oxirgi rasmiy treyler
"Monarx: Maxluqlar merosi" seriali O'zbek tilida yangi rasmiy treyler