Taniqli amerikalik rejissyor Kventin Tarantino intervyulardan birida kino tarixidagi eng yaxshi film qaysi ekanligi haqida gapirdi.
Uning fikricha Stiven Spilbergning 1975-yildagi “Jaws” filmi ushbu nomga mutlaqo loyiq.
“Kinoloyiha nuqtai nazaridan, Jawsdan yaxshiroq narsa yo‘q. Bu shu paytga qadar yaratilgan eng yaxshi film”, - deya ta‘kidladi Tarantino.
Tarantino ta‘kidlaganidek, ko'plab rejissyorlar “Jaws” filmining muvaffaqiyatini takrorlashga harakat qilishgan. Ammo hozircha hech kim bunga erisha olmagan.
Stiven Spilbergning katta oq akulaning sohil shaharchasiga hujum qilishi haqidagi “Jaws” filmi 1975-yil 20-iyunda ekranlarga chiqdi va bu sana kinematografiyani butunlay oʻzgartirdi. Film uchta “Oskar” mukofotini oldi.
Tasodifiy xabarlar
"Shazam 2 : Ma'budlar g'azabi" filmi suratga olish jarayoni
2022 yilning eng qo'rqinchili filmlari (Video)
"Etik kiygan mushuk 2" multfilm to'liq o'zbekcha tahlili
"Men Grutman" multseriali 2 - mavsumi fasli treyleri
"Bleyd" video o'yinidan ilk rasmiy treyler taqdim etildi
"Gattaka" filmining davomi suratga olinadi