“Xarobadan chiqqan millioner” filmining davomi suratga olinadi

“Xarobadan chiqqan millioner” filmining davomi suratga olinadi

Netflix sobiq rahbari Svati Shetti tomonidan asos solingan Bridge7 kino kompaniyasi “Xarobadan chiqqan millioner” filmining davomi va filmga moslashtirilgan serialni suratga olish huquqini qo‘lga kiritdi.

Dramaning keyingi qismini suratga olish uchun Bridge7 kompaniyasi original film asoschisi Celador bilan shartnoma tuzdi. Loyiha tafsilotlari, syujet va aktyorlar tarkibi haqidagi ma’lumotlar oshkor etilmagan.



Vikas Svarupning “Savol-javob” romani asosida rejissyor Denni Boyl tomonidan suratga olingan film dunyo miqyosida shuhrat qozondi va sakkiz karra “Oskar” mukofotini, jumladan, “Eng yaxshi film” va “Eng yaxshi rejissyor” nominatsiyalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Film 18 yoshli Jamol haqida bo‘lib, uning hayotida bo‘lib o‘tgan qiyinchiliklar yigitga mashhur viktorina shousida g‘alaba qozonishga yordam beradi.

Bridge7 kompaniyasi rahbari “Xarobadan chiqqan millioner” noyob madaniy fenomenga aylanganini qayt etdi:

Bu turli davlat va madaniyatga tegishli barcha tomoshabinlarni umuminsoniy hikoyalari orqali birlashtiradi. Biz kino olamining ajoyib namunasini davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘lganimizdan mamnunmiz”.



Hozircha bosh rollarga Dev Patel, Frida Pinto boshqa aktyorlar filmga qaytishi noma’lum. Sikvelda bosh qahramon Jamol hayotidagi keyingi voqealar qanday rivojlangani haqida so‘z boradi.

Mazkur loyiha 2023-yilda tashkil etilgan Bridge7 kompaniyasining birinchi yirik ishi. Celador rahbari Pol Smitning so‘zlariga ko‘ra, yangi kompaniyaning ilk loyihaga aynan shu filmni tanlashi “Xarobadan chiqqan millioner” ning kinematograf uchun naqadar ahamiyatli ekanligini isbotlaydi.

×