AQSh ssenariynavislari gildiyasi tomonidan uyushtirilgan ommaviy ish tashlash tufayli “Taxtlar oʻyini” prikvelini suratga olish ishlari toʻxtab qoldi. Bu haqda amerikalik yozuvchi va asar muallifi Jorj R.R. Martin maʼlum qildi.
“Ssenariynavislarning ommaviy ish tashlashi davom etmoqda. Hech kim, sogʻlom fikrlash imkoniyatiga ega boʻlgan hech bir ssenariynavis buni xohlamagandi, ammo prodyuserlar, studiyalar, tarmoq va striming servislari bizga boshqa chora qoldirishmadi”, – dedi u.
Yozuvchining aytishicha, prikvel ustida ishlayotgan ssenariynavislar faoliyati ayni vaqtda butunlay toʻxtatilgan. Ular hozirda piketlarda ishtirok etish bilan band.
Eslatib oʻtamiz, ssenariynavislar Gildiyasi vakillari joriy yilning 2-may sanasida ommaviy ish tashlash eʼlon qilishgan. Bunga ijodkorlarning “Netflix”, “Walt Disney” kabi studiyalar bilan yuqori maosh boʻyicha kelishuvga erisha olmaganlari sabab boʻlgan.


Tasodifiy xabarlar
Qinidan chiqqan pichoqlar 3 filmi yangi rasmiy treyleri
Jodugar Vedmak 3 mavsumi faslidan rasmiy treyler
La'nat 4: Oxirgi marosim filmidan yangi rasmiy treylerni tomosha qiling
"WEDNESDAY" seriali Neftlixda ko'rilgan ingliz tilidagi seriallar ichida rekord o'rnatdi!
"Krid 3" filmi haqida,Treyler va premyera sanasi!
Eng qo'rqinchili ujas filmlar Top - 9 (Video)