3-iyul kuni katta ekranlarda namoyish etilgan “Yaxshi bo‘lish osonmi-4” animatsion filmi dunyo bo‘ylab 437 million dollar foyda ko‘rdi va AQSH kinoprokatida ham yetakchiga aylandi.
Multfilmning navbatdagi qismi franshizaning umumiy daromadi 5 milliard dollardan oshishiga sabab bo‘ldi va tarixdagi eng yuqori daromad keltirgan animatsion filmga aylandi.
Film rejissyori — Kris Reno, ssenariy ustida Mayk Uayt ishlagan. Syujetda turmush o‘rtog‘i bilan uch farzandni tarbiyalayotgan sobiq yovuz Gryuning keyingi hayoti tasvirlanadi. Gryu va uning rafiqasi Lyusi yo‘lida qamoqdan qochgan Maksim Le Mal va Valentina ismli dushmanlar paydo bo‘ladi. Ulardan qochish maqsadida oila minyonlar bilan birga yashirin uyga ko‘chib ketishga majbur bo‘ladi, so‘ng ular birgalikda Le Malga qarshi kurashishga qaror qiladi.
“Yaxshi bo‘lish osonmi?” birinchi qismi 2010-yil iyun oyida chiqdi va 543 million dollardan ortiq daromad keltirdi. Amerikaning Illumination va Universal Pictures kompaniyalari ushbu filmlarga qo‘shimcha ravishda ikkita spin-offni chiqardi: 2015-yilda “Minyonlar” (1,16 milliard dollar) va 2022-yilda “Minyonlar: Gryuning yuksalishi” (940 million dollar) namoyish etildi.
Illumination studiyasi franshizani rivojlantirishda davom etmoqda: kompaniya iyul oyida sariq mavjudotlar haqidagi filmning yangi qismi ustida ish boshlangani haqida xabar berdi. “Minyonlar-3” animatsion filmining premyerasi 2027-yilda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.


Tasodifiy xabarlar
Yangi jangari "Lift" filmidan rasmiy treyler namoyish qilindi
"Avatar: So'ngi havo afsungari" filmi suratga olish ishlari haqidagi video rolik
Netflix futbol haqida multfilm yaratdi!
Derriga xush kelibsiz seriali 2 va 3 mavsumlarini ham tomosha qilamiz
Merlin seriali aktyorlari hozirda qanday ko'rinishda?(video)
"Qora pantera: Boqiy vakanda" film kadr orti jarayoni(video)