Jeki Chan kino olamidagi o'z ijodini shiddat bilan boshladi

7-sentabr kuni onlayn kinoteatrlarda Jeki Chan ishtirokidagi “Yashirin zarba” jangovar filmi paydo bo‘ldi. Bu aktyorning bu yil hisobidan ekrandagi ikkinchi to‘liq metrajli chiqishi – “Kung-fu ayg‘ir” kartinasi biroz oldin chiqqan edi.

“Kung-fu ayg‘ir”

 

Lu (Chan) bir paytlar eng qiyin va xavfli tryuklarni ijro etgan kaskadyor bo‘lgan, biroq so‘nggi yillarda uning jismoniy faolligi pasaygan. Og‘ir jarohati tufayli kinoni tark etishga majbur bo‘lganidan keyin qarzga botib qolgan va onasining o‘limidan so‘ng undan ranjigan qizi Syao Bao (Liu Xaotsun) u bilan gaplashmay qo‘ygan. Luning yagona quvonchi – Olov laqabli sevimli oti. Ular birgalikda sayyohlar bilan suratga tushib, tirikchilik uchun pul topishadi. Ammo bir muammo bor: kollektorlar otni olib ketmoqchi. Shu sababli Lu g‘ururini bir chetga surib, huquq fakultetida tahsil olayotgan qizidan yordam so‘rashi kerak.

Bu Jeki Chan ishtirokidagi jonli filmlarni juda sog‘inganlar uchun nostalgik film. Jeki Chan ishtirokidagi haqiqiy filmlardan olingan kadrlar esa yig‘latishi mumkin. Aytgancha, mazkur film avtobiografik xarakterga ega: aktyorning ham nikohsiz qizi bilan munosabatlari yaxshi bo‘lmagan.

“Yashirin zarba”

 

Kelajakda Yaqin Sharq xavfli cho‘lga aylanadi, neft esa dunyodagi eng qimmat tovar hisoblanadi. Terrorchilar Xitoyda yonuvchi suyuqlik ishlab chiqaradigan zavodni egallab olishga, kompaniya boshliqlari esa kompaniya xodimlarini evakuatsiya qilishga urinmoqda. Buning uchun ular tajribali jangchi Ajdar Lu (Chan) boshchiligidagi guruhni yollashadi. Yovuz yollanma askarlar tomonida sobiq amerikalik dengiz piyodasi Kris Van Xorn (Jon Sena) o‘zining akasi Genri (Amadeus Serafini) uni aldayotganini tushunib, Ajdar Lu tomonga o‘tadi. Xorn va Lu zavodning qo‘lga olingan xodimlarini qutqarishga harakat qilishadi.

Aktyorning O'zbekistonlik muhlislari uchun ajoyib yangilik bo'lishi mumkin.Aktyor kelajakda Markaziy Osiyo davlatlarida film suratga olish va ularda o'zi ishtirok etishni hohlashi haqida fikr bildirib o'tgan. Balki Jeki Channi kelgusida o'zimizning O'zbekistonda ko'rarmiz. Siz bunga qanday fikrdasiz?


Maqsadbek
Maqsadbek

Zor respect 👍

Azamat
Azamat

Shu paytgacha kilmaganku,maboda kilsa kinomizgaxam ancha turtki bularmidi

CraftmationUz
CraftmationUz

Jeki channi sogʻindim!

Sherzodbek
Sherzodbek

Barcha kinolar zo'r "Jeki Chan" di 👍

Javohir
Javohir

Jacki Chan eng zo'ri bunaqa aktyor qaytib kelarmikin yana

Ibrohimjon
Ibrohimjon

Oxirini oqisam bolardikan xammasini oqidim 🤦‍♂️