Sun'iy intellekt tomonidan yaratilgan qisqa metrajli rolik kino sanoati gigantlarini jiddiy tashvishga solib qo'ydi. Dunyoga mashhur yulduzlar - Tom Kruz va Bred Pittning kinodagi mushtlashuvi aks etgan video shunchalik real chiqqanki, u butun Gollivudni hayratda qoldirdi.
Ushbu rolik muallifi irlandiyalik rejissyor Ruayri Robinson boʻlib, u Xitoyning ByteDance kompaniyasiga tegishli Seedance 2.0 neyrotarmog'idan foydalangan. Ishlab chiquvchilarning so'zlariga ko'ra, ushbu model nafaqat tasvir sifati, balki harakatlar fizikasi va realizmga ham alohida urg'u beradi. Bu esa oddiy foydalanuvchiga ham o'zini professional kino olamining bir qismidek his qilish imkoniyatini taqdim etadi.
Hatto sohaning eng tajribali mutaxassislari ham ushbu texnologiyadan hayratda qoldi. Masalan, "Dedpul" filmi bilan tanilgan ssenariy muallifi Rett Riz ushbu videoni ko'rib, o'zini xuddi "yomg'ir tagida qolgandek" his qilganini aytdi. Uning fikricha, bunday texnologiyalar kelajakda minglab kinoijodkorlarning ish o'rinlariga jiddiy zarba berishi mumkin.
Shuningdek, sun'iy intellektda turli roliklar ishlab chiquvchilariga nisbatan noroziliklar ortmoqda. Bunga qarshilik bildirayotganlar orasida kino olami giganti bo'lgan Disney studiyasi ham bor.
Amerika televideniye va radio ijodkorlari federatsiyasi (AFTRA)ga ko'ra ham, studiyalar yoki mualliflar ma'lum bir insonning roziligisiz qiyofasi va tashqi ko'rinishidan foydalanib, turli videolarni yaratishga haq-huquqi yo'q.
Gollivud rasmiylari va huquqshunoslar xavotirda bo'lgan bir paytda, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari yangi neyrotarmoq imkoniyatlaridan faol foydalanmoqda: Masalan, "Taxtlar o'yini" serialining boshqacha yakuni, turli dahshatli va fantastik sahnalar internetni zabt etmoqda.
Tasodifiy xabarlar
“Yaxshi bo‘lish osonmi?” tarixdagi eng yuqori daromad keltirgan animatsion franshizaga aylandi
2025 - yildagi Netflixda namoyish qilinadigan mashhur seriallar (Video)
“Oppengeymer” Kristofer Nolanning eng uzoq filmi bo'ladi.
YouTubedagi eng mashhur video — “Baby Shark” qo‘shig‘i asosida ishlangan multfilm treyleri
"Maymunlar sayyorasi 4: Qirollik " filmidan rasmiy katta treyler
"Nosferatu" yilning eng yaxshi qo'rqinchli filmi bo'ladimi?