Prime Video striming xizmati Bred Pitt va Anjelina Joli ishtirokidagi bir xil nomdagi jangovar filmning remeyki “Janob va xonim Smit” serialining debyut treylerini taqdim etdi. Serial 1 qismi premyerasi 2024-yil 2-fevralda bo‘lib o‘tadi.
Bosh rollarni Donald Glover va Mayya Erskine ijro etgan. Syujetga ko‘ra, ikki professional ayg‘oqchi omma oldida er-xotin sifatida yashashga majbur bo'ladilar. Asta-sekin, qahramonlar bir-biriga nisbatan haqiqiy his-tuyg'ularni boshdan kechira boshlaydilar.
Birinchi mavsumda sakkiz qism rejalashtirilgan. Dastlab, serial 2023 yilning kuzida chiqishi mumkin edi, biroq aktyorlar gildiyasi ish tashlashi sababli keyinroqqa qoldirilgan edi.
Quyida serialning rasmiy treylerini tomosha qilishingiz mumkin.
Tasodifiy xabarlar
Bola dunyoni o'ldiradi filmidan yangi rasmiy treyler
Jannat onalar oyog'i ostida O'zbek tilidagi film tahlili (Video)
"Avatar 2" filmi "Titanik" ni ham ortda qoldiradimi?
Yura davri dunyosi: Qayta tug'ilish filmidan ilk rasmiy treyler
"Tosh Yurak" filmidan ilk rasmiy treyler (Video)
"Kaskadyorlar" filmidan yangi rasmiy treylerni tomosha qiling