Kris Evans sevgilisi Alba Baptista bilan o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga qaror qildi. Juftlik o‘tgan yilning kuzida uchrasha boshlagan va o‘tgan shanba kuni yashirincha to‘y marosimini o‘tkazgan, deb xabar bermoqda Harper’s Bazaar nashri.
To‘y marosimi Massachusets shtatining Keyp Kod shahridagi xususiy mulkda bo‘lib o‘tgan, u yerga Evansning Marvel filmlaridagi hamkasblari: Robert Dauni va uning rafiqasi Syuzan, Kris Xemsvort, Elza Pataki, Jeremi Renner, Emili Blant, Jon Krasinski tashrif buyurgan.
Kris Evans va Alba Baptista haligacha ijtimoiy tarmoqlarga to‘y marosimidagi suratlarini joylashtirmagan.
Kris Evans — Marvel filmlaridagi Kapitan Amerika roli bilan mashhur. Aktyor 1981-yilning 13-iyun sanasida AQSHda tug‘ilgan. U o‘z karyerasini 2000-yilda boshlagan. Kris faoliyati davomida “Birinchi qasoskor” (2011-yil), “Birinchi qasoskor: Qish askari” (2014-yil), “Birinchi qasoskor: Qarshilik” (2016-yil), “Qasoskorlar” (2012-yil), “Qasoskorlar: Ultron davri” (2015-yil), “Qasoskorlar: Abadiyat jangi” (2018-yil) va “Qasoskorlar: Intiho” (2019-yil) kabi filmlarda suratga tushgan.


Tasodifiy xabarlar
Lionel Messi haqidagi film, serialdan rasmiy tizer
“Garri Potter” serialini suratga olish uchun Angliyada alohida shahar qurilmoqda
Shelbilar oilasi haqidagi film suratga olinadi
"Elemental" rostdan ham eng zo'r animatsion filmmi?
Aktyor "Yashil Goblin" ro'liga qaytishga tayyorligi aytdi
“Men afsonaman” filmining davomi suratga olinmoqda