“Taksi” filmi g‘oyasi 1996-yilda Lyuk Bessondan chiqqan. Ammo u “Beshinchi element” filmi ustida ishlash bilan band edi, shuning uchun u filmni rejissor Jerar Piresga ishonib topshiradi va o‘zi filmga prodyuserlik qiladi. “Taksi” 1998-yilda eng muvaffaqiyatli fransuz filmlaridan biriga aylanadi – filmning 2, 3, 4 va 5-qismlari esa katta daromad keltiradi.
2023-yilda franshizaning 1-qismi 25 yoshga to‘ladi. AdMe nashri o‘tgan yillar davomida aktyorlar va ularning hayoti qanday o‘zgarganini ko‘rsatishga qaror qildi.
Sami Naseri — Daniel Morales
Aktyor “Taksi” filmining 3 ta qismida ham rol o‘ynab, dunyoga mashhur bo‘ldi, hatto 2006-yilda Kann kinofestivalida “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasida mukofot oldi. Ammo shon-shuhrat va muvaffaqiyat unga baxt keltirmadi. Sami Naseri o‘zining janjalli xatti-harakati tufayli bir necha bor qonun bilan muammoga duch keldi.
Shunga qaramay, aktyor filmlarda rol o‘ynashda davom etmoqda, xususan, 2021-yilda u “Qutqaruvchi” filmida paydo bo‘ldi. Hozirda shaxsiy hayoti ham ko‘ngildagidek: 2005-yilda u “Beshinchi element” va “O‘zga sayyoraliklar 2” filmlarida kichik rollarni ijro etgan aktrisa Mari Gilardga uylangan.
Marion Kotiyar — Lili Bertino
Marion Kotiyarning aktrisalik karyerasi teatrdagi spektakl va teleseriallardagi kichik rollardan boshlangan. “Taksi” filmi yosh aktrisa uchun haqiqiy yutuq bo‘lib, uni bir zumda mashhur qildi. Shundan so‘ng Marion Gollivudga ko‘chib o‘tib, inglizcha filmlarda rol o‘ynay boshladi. Bu uni aqlbovar qilmaydigan muvaffaqiyatga olib keldi: Edit Piaf hayoti haqidagi “Pushtirang hayot” filmi uchun (2007) aktrisa “Sezar”, “Oltin globus” va “Oskar” mukofotlarini qo‘lga kiritdi. Marion nafaqat filmlarda rol o‘ynagan, balki ko‘plab multfilmlarga ovoz bergan, shuningdek, bir nechta qo‘shiq va saundtreklarni chiqargan.
Qiziq tomoni, go‘zal yuzi butun dunyo bo‘ylab 300 dan ortiq jurnallarni bezatgan ayol birorta ham erkakning qonuniy rafiqasi bo‘la olmagan. Marion Kotiyar uzoq yillar davomida do‘sti bo‘lgan rejissor va aktyor Giyom Kane bilan uchrashadi — ularning ikki nafar farzandi bor.
Emma Viklund — Petra
“Taksi” filmida Emiliyen go‘zal Petra oldida pakanadek ko‘rinadi, lekin aslida aktyorlarning bo‘y farqi unchalik katta emas: Frederik Diefentalning bo‘yi 171 sm bo‘lsa, Emma Viklundniki 177 sm.
Shvetsiyalik bu ko‘k ko‘zli mallasoch filmda suratga tushishdan oldin model sifatida ajoyib karyera qilgan va Elle jurnalining bir nechta muqovalarida paydo bo‘lgan. Hozir u shved jurnalistiga turmushga chiqqan — er-xotinning ikki farzandi bor.
Bernard Farsi — komissar Jiber
2006-yilda Bernard Farsi “Le Grand Charlz” mini-serialidagi ajoyib ijrosi uchun “Emmi” mukofotiga nomzod bo‘ldi. Aktyorning boy filmografiyasi bor, u nafaqat “Taksi” filmining 4 ta qismida, balki 2018-yilda ekranlarga chiqqan 5-qismida ham rol o‘ynagan, ammo u jinoyatchilarga qarshi tinimsiz kurashuvchi komissar Jiber roli bilan mashhur.
Frederik Diefental — Emiliyen Kutan-Korbadek
Frederik Diefental omadi yurishmagan politsiyachi Emiliyen rolini o‘ynagunga qadar turli faoliyat bilan shug‘ullangan: u qandolatchiga shogirdi tushgan, arxitektura, sartaroshlik va mehmonxona biznesini o‘rgangan. Aktyor “Taksi” filmining 4 ta qismida ham rol o‘ynagan, oxirgi marta 2022-yilda Fransiyaning “Neige” kriminal serialida bosh rolda suratga tushgan.
Aktyor oila qurgan — uch farzandi bor. U mehribon ota sifatida bolalari bilan ko‘p vaqt o‘tkazadi va ularning zavqlanishi uchun asalari Mayyaning shoxchalarini kiyib, hazil qilishdan uyalmaydi.
Jan-Kristof Buve — Edmond Bertino, Lilining otasi
Jan-Kristof Buvetning aktyorlik kasbiga kirishi tasodifan bo‘lmagan: uning onasi Polett Buve ham mashhur aktrisa edi. Aktyor “Taksi” filmining 2, 3 va 4-qismlarida rol o‘ynagan, shuningdek, 2006-yilda “Mari Antuanetta” filmida gersog de Shuazel rolini o‘ynagan. Buve 20-Belfort kinofestivalida hakamlar hay’ati a'zosi bo‘lgan va hanuzgacha filmlarda rol o‘ynashda davom etmoqda, xususan, 2020-yilda “Emili Parijda” teleserialida suratga tushgan.
Filipp dyu Janeran — yo‘lovchi
Filipp dyu Janeran necha pulga bo‘lsa ham aeroportga 25 daqiqada yetib borishi kerak bo‘lgan yo‘lovchi rolini o‘ynagan “Taksi”ning birinchi qismidan tashqari, Lyuk Bessonning yana ikkita mashhur filmlari — “Nikita” (1990) va “Janna d’Ark” (1999)da ham rol ijro etgan. Hozir aktyor 63 yoshda bo‘lsa ham filmlarda rol o‘ynashda davom etmoqda.
Tasodifiy xabarlar
"Lift" filmi O'zbek tilida rasmiy treyler Netflixdan yangi film
Bahodir Jalolov haqidagi "Yengilmas" filmining treyleri e'lon qilindi
Temir yurakli aktrisa Tony Stark ning qo'llab-quvvatlashi haqida gapirdi!
Joan Rouling “Garri Potter”dagi qaysi qahramonini “o‘ldirganidan” afsuslangani haqida so‘zlab berdi
"Uddalab bo'lmas topshiriq 7" filmidan oxirgi rasmiy treyler
Aktyor Tom Hollan ijodida 1 yil tanaffus qilmoqchi