"G'alati narsalar"ning yangi mavsumini suratga olish 2024-yilning 5-8-yanvar sanasida boshlanadi, deya xabar beradi Deadline.
Serialning davomini 2023-yil bahorida suratga olish rejalashtirilgan edi, biroq uning ustidagi ishlar AQSh dagi yozuvchi va aktyorlarning ish tashlashlari tufayli qoldirilgan edi.
Shunday qilib serial yangi mavsumi 2024 yilda suratga olinishini hisobga olsak, sevimli qahramonlarimiz haqidagi yangi qismlarni katta ehtimol bilan 2025-yilda tomosha qilamiz.
Eslatib o'tamiz 2024-yilda suratga olinadigan “G‘aroyib narsalar” serialining beshinchi mavsumi oxirgisi bo‘ladi. Shu vaqtgacha "G'alati narsalar"ning 4 ta fasli namoyish qilingan va u "Netflix" da eng ko'p tomosha qilingan serial hisoblanadi. Siz ham serialning yangi mavsumini untiqlik bilan kutmoqdamisiz?
Tasodifiy xabarlar
"Temir odam" haqidagi siz bilmagan ma'lumotlar (Video)
"Yigit so'zi" seriali qanday suratga olingan? (Video)
Vanihoyat aktyorlar studiyalar bilan kelishuvga erishishdi
Brendan Freyzer muhlislarni hayratda qoldirdi
Yovuz qahramon "Kang" Tor ga qarshu kurashmoqchi!
"Wednesday" seriali aktrisasi Jenna Ortega hayoti va ijodi!