Parijdagi Olimpiya o‘yinlari yulduziga aylangan Janubiy koreyalik sportchi qiz serialda bosh rolni o‘ynaydi.
Joriy yil Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarining eng ko‘p muhokama qilingan sportchilaridan biri, pnevmatik to‘pponchadan o‘q otish bo‘yicha janubiy koreyalik ishtirokchi Kim Ye Jiga filmda suratga tushish taklifi berildi.

Kim Ye Ji kinodagi debyutini “Crush” mini-serialida boshlaydi va qotil rolini o‘ynaydi.
Parijda 32 yoshli sportchi 10 metr masofaga pnevmatik to‘pponchadan o‘q otish bo‘yicha kumush medalni qo‘lga kiritdi, ammo u nafaqat o‘zining mahorati bilan, balki sovuq nigohi va esda qolarli qiyofasi bilan tomoshabinlarni o‘ziga jalb etdi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uning xotirjamligiga qoyil qolishdi va sportchini Cyberpunk 2077 o‘yinlari olami uchun ideal qahramon deb atashdi.

Olimpiada ishtirokchisi milliarder Ilon Maskning ham nazariga tushdi: X (Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida tadbirkor “Kim Ye Ji albatta “ekshin sahnalarga boy filmda rol ijro etishi kerak” deb yozib qoldirdi.
Turnirlardan birida sportchining fil shaklidagi yumshoq o‘yinchoq bilan ishtirok etgan fotosuratlari ham internetda tarqaldi. Keyinroq Kim Ye Jining o‘zi aytishicha, uning kamariga taqilgan o‘yinchoq uning qizi tomonidan omad timsoli sifatida hadya qilingan.

Olimpiya o‘yinlari tugagan bo‘lsa-da, Kim Ye Jining mashhurligi orta bormoqda. Yaqin orada u Janubiy Koreyaning Vogue jurnali uchun suratga tushdi.
Tasodifiy xabarlar
Ko'k qo'ngiz Moviy qo'ngiz filmi ko'rishga arzidimi (Video)
Time jurnali “Barbi” filmining rejissyori Greta Gervigni “Yil ayoli” deb e’lon qildi
Venzdey adams rolining birinchi ijrochisi vafot etdi.
Dedpul 3 Filmini qachondan suratga olinishi malum!
Yangi 2024 yilda bizni kutib turgan premyeralar (Video)
"Avatar 2 : Suv yo'li" filmi kutilganidek emasmi?