Amerikalik aktyor va Kaliforniya shtatining sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger yurak jarrohligi amaliyotini o‘tkazdi.
Avvalgi operatsiyalardan so‘ng yurak ichki qismida yuzaga kelgan chandiqlar yurak urishining buzilishiga olib keldi. Shu tufayli jarrohlar tomonidan aktyorga yangi kardiostimulyator o‘rnatildi.
Aslida Shvarsenegger shaxsiy hayoti va sog‘lig‘i haqidagi ma’lumotlarni muxlislar bilan baham ko‘rishni istamaydi, biroq aktyor yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan boshqa ko‘plab insonlardan to‘xtovsiz savol va maktublar olgach, ularni qo‘llab-quvvatlash va bemorlarga umid baxsh etish uchun operatsiyasi haqida aytib o‘tishga qaror qildi:
“O‘tgan dushanba kuni men qisman mashinaga aylandim: yuragimni operatsiya qilishdi va kardiostimulyator o‘rnatishdi. Aytib o‘tish joizki, sog‘ligim haqida barchaga ma’lumot berish vatanim Avstriyada olgan tarbiyamga zid. U yerda insonlar ichki muammolari haqida oshkora so‘zlashmaydi”.
So‘ng Shvarsenegger muxlislarini xursand qilish uchun operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgani va tez orada oyoqqa turishi haqida aytib o‘tdi:
“Avvalo shuni bilishingizni istardimki, hozirda o‘zimni ancha yaxshi his etyapman”.


Tasodifiy xabarlar
The boys, Yigitlar seriali yulduzi endi Mortal Kombatda
Kuzgi yangi seriallar O'zbek tilida (Video)
"Tilak" animatsion filmidan yangi treyler namoyish qilindi
"Krid 3" filmi oldingi qismlardan ko'ra yaxshimi?
"Yovuz murdaning tirilishi" filmi final treyleri (Video)
“Sohibjamol va maxluq” filmidagi yovuz qahramon Gaston haqida film suratga olinadi