Avstraliyalik aktyor Kris Hemsvort Vanity Fair nashriga bergan intervyusida o‘zining Tor obrazi haqida qanday fikrda ekanligini aytdi.
Aktyorga Tor rolini ijro etish imkoni berilganidan minnatdor bo‘lsa-da, Kris yillar davomida Marvel filmlarida o‘ynagan obrazlaridan doim ko‘ngli to‘lmagan.
Tor haqidagi birinchi film 2011-yilda rejissyor Kennet Brana, qolgan qismlari esa Tayka Vaytiti tomonidan suratga olgan. Shuningdek, Kris Hemsvort “Qasoskorlar” filmida ham Tor obrazini gavdalantirgan.
Ba’zan o‘zimni oddiy qo‘riqchidek his etardim. Men o‘ynagan personaj film oxirida rivojlanishi va o‘sishi kerak deb o‘ylardim, fikrimcha, bunday bo‘lmadi. Qolaversa, boshqa hamkasblarimning ijodini ko‘rib, ularning obrazi haqiqatda qiziqarli va jalb etadigan, degan fikrda bo‘lganman, — deydi aktyor.
Shuningdek, Kris “Tor: Sevgi va chaqmoq” nomli filmning to‘rtinchi qismida rolini yaxshi ijro etmagani uchun o‘zini kechirolmasligini aytdi.
Aktyorning fikricha, tomoshabinlarda Tor obrazi haqida o‘zgacha taassurot qolishi uchun u Torni qaytadan ijro etishi kerak. Hemsvort personajga jiddiyroq munosabatda bo‘lishni, shuningdek, uning sog‘lig‘ida muammolar borligi va u go‘yoki nafaqaga chiqqani haqidagi mish-mishlarga chek qo‘yishni istaydi.
Kris Hemsvortning hamkasblari uning fikriga qo‘shilmaydi. Masalan, Kichik Rober Dauni Tor obrazi haqida quyidagicha fikr bildirgan:
Avvalo shuni alohida ta’kidlash joizki, kitoblardagi Tor personajini ekranda tasvirlash murakkab vazifa edi. Lekin Kris va rejissyor Kennet Brana buning uddasidan chiqdi. Tor o‘zining murakkab xarakteri va psixikasi bilan ajralib turadi. U zakovatli, dono va shu bilan birga biroz jahldor bo‘lsa-da, xatti-harakatlarida vazminlik va muloyimlik bor.



Tasodifiy xabarlar
Jannat onalar oyog'i ostida O'zbek tilidagi film tahlili (Video)
Andor seriali 2 mavsumi faslidan yangi rasmiy treyler
Tom Kruz va Bred Pitt ishtirokidagi rolik Gollivudni qo'rqitib yubordi
Pixar animatsion studiyasi 2024-yilda xodimlarni ommaviy ravishda qisqartiradi
"Dyuna 2" filmidan yangi rasmiy TV-SPOT (video)
Pingvin serialidan yangi rasmiy treyler (Video)