Yangi yil arafasida “Uyda yolg‘iz” filmini oilaviy tomosha qilish an’anaga aylanib qolgan. Loyiha butun dunyo bo‘ylab millionlab tomoshabinlar qalbidan joy olgan. Ammo filmni suratga olish jarayonlarida aktyor va rejissyorlar o‘rtasida turli bahs va munozaralar ham bo‘lib o‘tgan.
“Uyda yolg‘iz” filmining birinchi qismi qisqa fursat ichida katta muvaffaqiyat qozondi va har bir aktyor o‘z navbatida loyihadan ko‘rilgan daromaddan o‘z ulushini olishni istar edi. O‘g‘ri Marvinni ijro etgan 66 yoshli aktyor Deniel Stern mehnatiga yarasha gonorar pulini olish uchun qat’iyatli va talabchan bo‘lishga majbur bo‘ldi.
Gap shundaki, filmning ikkinchi qismida suratga tushish uchun Denielga avvalgisidan ikki karra kam gonorar taklif qilingan. Aktyorning hamkasblari esa bir necha barobar ko‘proq miqdorda daromad olishi ma’lum bo‘lgan edi.
Masalan, Marvinning sherigi Garri obrazini gavdalantirgan Jo Peshi bilan ikki million dollar, bosh qahramon Makoley Kalkin bilan esa besh million dollarlik shartnoma imzolangan. Unga ko‘ra, Kalkinga kassa tushumlaridan 5 foiz daromad ham berilishi ko‘zda tutilgan edi. Deniel Sternga esa bundan 4 barobar kam — 1 million dollar gonorar taklifi berilgan.
Mensiz ular filmni suratga olish ishlarini boshlamasligini bilardim, lekin o‘zimga bo‘lgan ishonchim past edi. Birinchi filmdagi kastingda deyarli muvaffaqiyatsizlikka uchraganim uchun biroz qo‘rquv bor edi. Filmda suratga tushish menga yoqqani va ochko‘z bo‘lib ko‘rinmaslik uchun avvaliga ko‘proq gonorar talab etishdan uyaldim, — deydi Stern.
Natijada, aktyor sherigi Jo Peshi bilan deyarli bir xil maosh olishga muvaffaq bo‘ldi.
Tasodifiy xabarlar
"Kosmanavt" filmidan ilk rasmiy treyler Netflixdan yangi film treyleri
"Uzuklar hukumdori:Qudrat uzuklari" seriali va "Uzuklar hukumdori" kinosi haqidagi ma'lumotlar.
Aktrisa Gal Gadot "Mojizakor Ayol" ning yangi qismi haqida fikr bildirdi!
"Disney+" da aprel oyidagi premyeralar (Video)
"Qasoskorlar 5: Kang sulolasi" filmi haqidagi ma'lumotlar
Dedpul 3 o'zbek tilida Deadpool 3 rasmiy treyleri ozbek tilida