Paramount studiyasi “Baby Shark” qo‘shig‘i va “Kichkintoy akulaning katta shousi” multseriali asosida ishlangan “Baby Sharkʼs Big Movie” multfilmining treylerini eʼlon qildi.
To‘liq metrajli loyiha syujetiga ko‘ra, kichkintoy Akula oila aʼzolari bilan birga katta shaharga ko‘chib o‘tadi va eng yaqin do‘sti Uilyamning yordamisiz yangi hayot tarziga ko‘nikishga majbur bo‘ladi. Shu bilan bir vaqtda dengiz pop-yulduzi Stariana suv osti dunyosining eng isteʼdodli mavjudotiga aylanish maqsadida kichkintoy akulaning musiqiy iqtidorini o‘g‘irlashga harakat qiladi.
Multfilm qahramonlariga Kardi Bi va uning turmush o‘rtog‘i Offset, juftlikning qizi va o‘g‘li, shuningdek Eshli Tisdeyl hamda Janubiy Koreyaning Enhypen boyz-bendi vakillari ovoz berishgan. Multfilm taqdimoti 8-dekabr kuni Nickelodeon va Paramount+ da bo‘lib o‘tadi.
Maʼlumot uchun, Janubiy Koreyaning Pinkfong loyihasi tomonidan ijro etilgan “Baby Shark” qo‘shig‘i YouTube platformasiga 2016-yilda joylashtirilgan va yashin tezligida ommalashib ketgan. Klip 2020-yilda platforma tarixida eng ko‘p ko‘rilgan video sifatida rekord qayd etgan va bu boradagi yetakchilikni bugungi kunga qadar hech kimga bermay keladi. “Baby Shark” qo‘shig‘ining klipi hozirgacha 13 milliard marta tomosha qilingan.
Quyida ushbu multfilm treylerini tomosha qilishingiz mumkin.


Tasodifiy xabarlar
Deredevil: Qayta tug'ilish serialidan ilk rasmiy treyler
"Jon Uik" 4 Premyera Sanasi malum! (Treylar)
Avatar 3: Olov va Kul filmidan yangi rasmiy treyler
Eng qo'rqinchili filmlar ujas kinolar Top - 6
"Transformerlar 7: Yirtqich botlar yuksalishi" film tizer
Yuruvchi murdalar: Omon qoluvcheilar serialidan yangi rasmiy treyler