Netflix hali 2-mavsum uchun seriyani rasman suratga olinishini takidlagani yo'q. Biroq, Netflix odatda yangi seriallarni bir vaqtning o'zida bir nechta fasllarni bermaydi. Bundan tashqari, "Wednesday" seriali bir necha fasl uchun rejani tuzgan kitobdan moslashtirilmaganligi sababli, serialning davomi chiqishi ko'p jihatdan birinchi mavsumning mashhurligiga bog'liq bo'ladi.
Va serial 1 mavsumi juda katta shov shuv va iliq fikrlar to'plagani sabab serialning davomi albatta suratga olinadi! Serial yaratuvchilaridan biri Alfred Gough 2-mavsum istiqbollarini muhokama qilib bo‘lganini aytdi, chunki u “Adamslar olamida albatta ko‘rsatish uchun hali ko'p voqelar bor” deb hisoblaydi.
Shundan hulosa qilib 2-mavsumning chiqish sanasini "Wednesday" ning 1-mavsum uchun ishlab chiqarish jadvali asosida taxmin qilish mumkin. Netflix rasman 2021-yil fevral oyida 1-mavsumga buyurtma bergan va suratga olish ishlari 2021-yil sentabrida boshlangan. Ikkinchi mavsum rasmiy yangilanganidan keyin kamida yana bir yil o'tishi mumkin. Shunday qilib, sevimli serialimiz va sevimli qahramonlarimizni uzog'i bilan 2023-yil noyabr oyigacha ko'ramiz deb umid qilsak bo'ladi!
Aytgancha "Wednesday" seriali yana bir rekordni o'rnatdi.Chiqarilganining uchinchi haftasida serial 1 milliard tomosha soatidan oshib ketdi.
Sizningcha serial bunday muvaffaqiyatining siri nimada?
Tasodifiy xabarlar
"Netflix" 2022- yil sarhisobini taqdim etdi!
"Galaktika qo'riqchilari 3 " filmi premyera sanasi o'zgardi
Margot Robbi “Karib dengizi qaroqchilari” filmida suratga tushmaydigan bo'ldi
"Wednesday" seriali 2 mavsumi, fasli haqida tafsilotlar
Bizning so'ngimiz seriali 2 mavsumi, fasli yangi rasmiy treyler
“Uzuklar hukmdori: Qudrat uzuklari” filmi “Ajdarho uyi” kartinasini ortda qoldirdi