Luminate kompaniyasining yangi hisobotiga ko'ra,
striming platformalarida serialning yangi mavsumini chiqarish uchun taxminan bir yilgacha boʻlgan vaqt oralig'i tomoshabinlarni ushlab qolishda muhim ahamiyatga ega. Uzoq tanaffuslar esa auditoriyaning sezilarli qismini yoʻqotishiga olib kelmoqda.
Bunga yaqqol misollardan biri - «Wednesday».
Ikkinchi mavsumni uch yil kutishga toʻgʻri kelgani sabab serial tomoshabinlarining 59 foizi yoʻqolgan.

Netflix'ning boshqa mashhur loyihalarida ham shunga o'xshash holat kuzatilgan: «Adovat» (Beef) 70%, «Tungi agent» 50%, «Avatar» multseriali esa 60% tomoshabinini yoʻqotgan.
Muammo shundaki, zamonaviy seriallar tobora katta loyihalarga aylanmoqda. Yuqori sifatli vizual effektlar, murakkab ishlab chiqarish jarayoni va katta byudjet esa yangi mavsumlar orasidagi tanaffusni yillar davomida cho'zib yubormoqda.

Natijada tomoshabin serial voqealarini unutishi yoki qahramonlarga boʻlgan qiziqishini yoʻ'qotishi mumkin.
Bu muammolar tez orada hal bo'lishini sevimli seriallarimizning yangi mavsumlarini uzoq vaqt kutmaslikni kutib qolamiz.
Tasodifiy xabarlar
"Maymunlar sayyorasi: qirollik" filmidan yangi rasmiy treyler
Bollivud qiroli Shoxruhxon bir nechta film bilan qaytadi
Betmen 2 filmi suratga olish ishlari qachon boshlanishi ma'lum bo'ldi
Qo'rqinchili katta premyera "M3GAN" film treyleri!
Qizil filmidan oxirgi rasmiy treylerni tomosha qiling
"Deredevil: Qayta tug'ilish" seriali 2 -mavsumi fasli yangi rasmiy treyleri