Qor tozalash vaqtida jiddiy jarohat olgan va kasalxonaga yotqizilgan amerikalik aktyor Jeremi Renner jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi. Ayni vaqtda aktyorning ahvoli barqaror deya baholanmoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, aktyorning koʻkrak qafasi va tayanch-harakat aʼzolari jarohatlangan. U operatsiya qilingan va jonlantirish boʻlimiga joylashtirilgan.
“Qasoskorlar” filmi yulduzi kasalxonada olingan suratini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylashtirgan va barcha muxlislarga qoʻllab-quvvatlaganlari uchun minnatdorchilik bildirgan.
Suratga qisqa vaqt ichida 2 milliondan ortiq layk bosilgan. Muxlislar aktyorga sihat-salomatlik tilamoqdalar.

Tasodifiy xabarlar
Jonni Depp “Karib dengizi qaroqchilari” filmining yangi qismida nega suratga tushmaydi?
Anime muhlislari uchun "Qotil Jin" 3 fasli haqida va Treyler!
“Uzuklar hukmdori: Qudrat uzuklari” filmi “Ajdarho uyi” kartinasini ortda qoldirdi
"Napoleon" filmi suratga olish ishlari haqidagi video rolik
Ledi Gaga “Joker” sikveliga qo‘shilishi mumkin!
"Marvel" dan Hellouin bayrami uchun maxsus treyler namoyish qilindi.