2022-yilning eng kassabop filmlaridan biri “Top Gan: Meverik”ning davomi suratga olinishi mumkin. Bu haqida aktyor Maylz Teller maʼlum qildi.
Filmda Bredli Bredshou rolini ijro etgan Tellerning aytishicha, aktyor Tom Kruz bilan uchinchi qismini suratga olish masalasini muhokama qilgan.
“Men Tom bilan bu haqida gaplashdim. Koʻramiz. Albatta, film suratga olinsa juda yaxshi boʻlardi, ammo hammasi Tomga bogʻliq”, dedi Teller.
Eslatib oʻtamiz, “Top Gan: Meverik” filmi jahon kinoprokatidan 1,4 milliard dollardan oshiq miqdorida daromad olgan edi. Uning taqdimoti 2022 yilning 27 may sanasida boʻlib oʻtgan.


Tasodifiy xabarlar
Leonardo Di Kaprioni "Avatar 4" filmida ko'ramizmi?
"Yashirin bosqin" Marvelning eng yomon serialimi?(Video)
Fuqarolae urushi filmi oxirgi final rasmiy treyleri
"Nosferatu" yangi qo'rqinchli film rasmiy treyleri
Jenna Ortega "Adidas" kompaniyasi yuziga aylandi
Momaqaldiroqlar O'zbek tilida ikkinchi rasmiy treyler