Film natijalarni yondirib tashladi. «Cheburashka» 34 kun ichida 6 milliard rubl yig'di
Ajoyib va mehribon film 1 yanvardan boshlab namoyish etila boshlandi va oyning o'rtalarida Cheburashka, Avatarni chetlab o'tib, Rossiya prokati tarixida eng ko'p daromad keltirgan filmga aylandi. Nega bu film tomoshabinlarda bunchalik katta qiziqish uyg‘otdi? “Cheburashka” qanday suratga olingan? Bugun biz film haqida qiziqarli ma'lumotlarni sizga taqdim etamiz.
Suratga olish ishlariga qanday tayyorgarlik ko‘rilgan?
Film ssenariysi bir yarim yil davomida yozilgan, Vitaliy Shlyappo rahbarligida sujet ustida Yellow, Black and White studiyasi mualliflari ishlagan. Film rejissori Dmitriy Dyachenko bo‘lib, uni tomoshabinlar “Erkaklar nima haqda gaplashadi” va “So‘nggi pahlavon” filmlari orqali yaxshi tanishadi.
6 tonna apelsin
Filmda Cheburashka shunday sahnasi bor u haqiqiy apelsin buluti bilan birga uchib keladi. Ushbu sahnani suratga olish uchun rejissorlar 6 tonna meva sotib olishdi. Bu rang-barang, to‘q sariq rangli sahna Kislovodskdagi Kurortniy bulvarida suratga olingan. Tasvirga olish guruhi ko‘chada minglab apelsinlarni sochishgan, keyin esa Gena rolini o‘ynagan Sergey Garmash bu yerdan skuter minib o‘tadi.
Suratga olish guruhi juda ko‘p vaqtni Sochi milliy bog‘idagi dendrariy (faqat daraxt va butalar to‘plangan botanika bog‘i) hududida o‘tkazdi. Bu vaqtda bog‘ yopilmagan va odatdagidek ishlagan, shuning uchun sayyohlar va dendrariyga tashrif buyuruvchilar suratga olish jarayonini kuzatishlari mumkin edi. Bog‘ xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, bu yerda qariyb ellik yil davomida bunday voqea sodir bo‘lmagan, shuning uchun ular milliy bog‘ xavfsizligidan juda xavotirlanishgan. Lekin hammasi yaxshi o‘tadi. “Cheburashka” ijodkorlari hamma narsani dendrariy rahbariyati bilan oldindan kelishib oladi, jumladan: suratga olish ishlari qayerda bo‘lib o‘tadi, qaysi o‘simliklarga tegish mumkin va bu yerda yashaydigan qushlar bezovtalanmaydimi kabi.
Sochi milliy bog‘i tadqiqotchisi Galina Soltani filmni suratga olish jarayoni haqida shunday deydi: “Suratga olishdan oldin jihozlar, ulkan mashinalar, bir necha o‘nlab odamlar olib kelingan. Tasvirga olish guruhi barcha shartlarga rioya qilgani bizni hayratda qoldirdi: ular maysazorlarni bosmadilar, rekvizitlardan ehtiyotkorlik bilan foydalanishdi va hatto o‘zlarining gulzorlarini yasadilar, chunki bog‘dagi o‘simliklarga tegish taqiqlangan. Suratga olish uchun panjaralarni qayta bo‘yashdi, lekin keyin oldingi rangni qaytarishdi. Na bir o‘simlik, na maysazor, na bir daraxtga zarar yetmadi”.
“Cheburashka”ning muvaffaqiyati
Kino ijodkorlari va ushbu loyihada ishtirok etgan har bir kishi, albatta, tomoshabinlar Cheburashkani yaxshi ko‘rib qolishlariga ishonchlari komil edi. Central Partnership kinokompaniyasining bosh direktori Vadim Vereshchagin loyiha haqida shunday deydi: “Cheburashka — oila davrasida ko‘rish uchun mo‘ljallangan katta va keng ko‘lamli loyiha, biz unga hatto g‘oya darajasigacha ko‘tardik. Ssenariy nihoyat meni ishontirdi: bu haqiqiy xalq hiti bo‘ladi, uni Sovet multfilmida o‘sganlar ham, u bilan unchalik tanish bo‘lmaganlar ham yaxshi ko‘radilar”.
Ammo ijodkorlar kartina haqiqiy kassa rekordiga aylanadi deb o‘ylamagan ham bo‘lsa kerak. Yangi yilning ilk 5 kunida “Cheburashka” 2 milliard rubldan ortiq mablag‘ yig‘di, bu Rossiya kinosi tarixidagi rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Filmni ishlab chiqarishga 850 million rubl sarflanganligini hisobga olsak, film besh kun ichida xarajatlarni deyarli uch marta oqlagan.
Quyida esa film treylerini ko'rishingiz mumkin.
Tasodifiy xabarlar
"Sevgi azoblaydi" yangi film rasmiy treyleri
"Bizning so'ngimiz"(The Last of us) seriali 2 qism treyleri
"O'rgimchak odam: Yondosh olamlar 2 " filmi treyleri
"Qizil" filmidan birinchi rasmiy treyler namoyish qilindi
Marvelda qanday yangilanishlar bo'ladi? "Dedpul 3" filmida bizni nimalar bizni kutmoqda? (Video)
Aktyor Bryus Uillis bedavo darda chalingan