Har yili oʻtkaziladigan “Oltin malina” antimukofotiga nomzodlar roʻyxati taqdim etildi. Unga “daʼvogarlik qilayotgan” filmlar orasida nominatsiyalar soni boʻyicha yetakchilik rejissyor Endryu Dominik tomonidan suratga olingan “Mallasoch” filmiga tegishli boʻlib turibdi.
Ushbu film Gollivud yulduzi Merilin Monroning hayoti va ijodi haqida suratga olingan boʻlib, undagi bosh rolni aktrisa Ana de Armas ijro etgan. "Malla soch" sakkizta nominatsiya bo'yicha ustunlik qilmoqda.
Ikkinchi oʻrinda “Yaxshi motam” komediyasi. Machine Gun Kelly va Mod Sun tomonidan ishlangan ushbu komedik film 7 ta nominatsiya boʻyicha “Oltin malina”ga munosib deya topilishi mumkin. Robert Zemekisning “Pinokkio” filmi esa 6 ta yoʻnalish boʻyicha antimukofotga nomzod sifatida koʻrsatilgan.
Jared Letoning vampir qiyofasidagi "Morbius" kinokomikasi beshta yo'nalishda nomzod bo'lmoqda.
Maʼlumot uchun, “Oltin malina” antimukofoti har yili eng muvaffaqiyatsiz loyihalarga taqdim etib kelinadi. Bu yili antimukofotning taqdirlash marosimini "Oskar"dan bir kun oldin ya'ni 11-mart sanasiga rejalashtirilgan.



Tasodifiy xabarlar
Ustasi faranglar 3 filmi qanday suratga olingan? (Video)
Gollivud yulduzi aktyor Bred Pitt nafaqaga chiqmoqchi.
"Uzuklar hukumdori:Qudrat uzuklari" seriali va "Uzuklar hukumdori" kinosi haqidagi ma'lumotlar.
"Wednesday" seriali 2 - mavsumi suratga olish ishlari qachon boshlanishi ma'lum bo'ldi
Deredevil: Qayta tug'ilish O'zbek tilida serial rasmiy treyleri
"Yo'l yoqasidagi uy" filmi suratga olish jarayonlari (Video)