“Avatar” va “Titanik” filmlaridagi ijodi bilan tanilgan amerikalik prodyuser Jon Landau 63 yoshida vafot etdi. Ma’lum qilinishicha, Landau 5-iyul kuni Los-Anjelesda saraton kasalligidan vafot etgan.
Jon Landau 1960-yil 23-iyulda Nyu-Yorkda tug‘ilgan. U o‘z faoliyatini 1980-yillarda kino ishlab chiqarish bo‘yicha menejer sifatida boshlagan. Landau suratga olgan “Avatar” va “Avatar: suv yo‘li” filmlari “Titanik”ning jahon bo‘yicha prokat rekordini ikki marta yangilagan. Birinchisida jami 2,26 milliard dollar ishlab topgan bo‘lsa, “Avatar” va uning davomi mos ravishda 2,9 milliard va 2,3 milliard dollar ishlab topgan. Landau “Avatar” filmining birinchi qismi uchun "Oskar" mukofotiga nomzod bo‘lgan.
"Titanik" va "Avatar" filmidagi ishi uchun ikki marta BAFTA mukofotiga ham nomzod bo‘lgan.

Tasodifiy xabarlar
Galaktika qo'riqchilari 3 filmi suratga olish jarayoni (Video)
Mufasa: Qirol sher filmidan oxirgi rasmiy treyler
Time jurnali “Barbi” filmining rejissyori Greta Gervigni “Yil ayoli” deb e’lon qildi
"Yigit so'zi" 8 qismi namoyish qilinish sanasi aniq bo'ldi
"Sting" yangi qo'rqinchili filmdan rasmiy treylerni tomosha qiling
Fonuslar DC ning yangi serialidan birinchi rasmiy tizer-treyler namoyish qilindi