Tez orada Gollivud yulduzi Jennifer Lopez bosh rolni ijro etgan “Mening qaroqchilar ishtirokidagi to‘yim” komediyasi ekranlarga chiqadi. Bundan tashqari, aktrisa filmda prodyuser sifatida ishlagan. Jennifer Lopes yangi kinokartina haqida bergan intervyusida suratga olish jarayonlarida o‘lishiga bir baxya qolgan sahna haqida gapirib berdi.
“Bizda Josh bilan hammasi yaxshi ketayotgan edi. Men buning uddalasidan chiqqanimizni his qilgandim. Ayniqsa, qo‘limizga kishan solib, aqlbovar qilmaydigan tryuklarni qilganimizda. Qoyadan yiqilib tushishimga sal qolgan vaqt bundan mustasno”, — deydi Lopes.
Aktrisaning aniqlik kiritishicha, uning libosi mashina g‘ildiragiga kirib qolgan. Mashina Lopesni jarlik tomon sudrab ketishiga sal qolganida, uni hamkasbi Josh Dyuamel qutqarishga ulgurgan.



Tasodifiy xabarlar
"Jodugar" seriali 3 fasli mavsumidan yangi treyler
"O'g'rilanmagan kelin" filmida Shohruhxon rostdan ham Kajolni sevib qolganmi?
Yomon yigitlar-4 filmining to'liq O'zbekcha tahlili (Video)
Wednesday 2 mavsumi fasli O'zbek tilida rasmiy treyler
Megapolis filmidan yangi rasmiy treyler
“Kalmar o‘yini”dagi aktrisa oshqozon saratonidan vafot etdi