New Line Cinema va Warner Bros. Pictures Embracer Group bilan bir nechta “Uzuklar hukmdori” filmlarini suratga olish uchun uzoq muddatli shartnoma tuzdi. Ayni paytda ijodkorlar bo‘lajak filmlar uchun senariy yozishga kirishgan.
Muxlislarga ma’lumki, New Line Cinema va Warner Bros Pictures hamkorligi davomida Jon Tolkien olamiga asoslangan oltita film chiqdi. Bular “Uzuklar hukmdori” va “Xobbit” trilogiyasidir. Umuman olganda, oltita filmning barchasi 6 milliard dollardan ortiq daromad keltirdi va 17 ta Oskar mukofotini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda chiqqan “Uzuklar hukmdori: Qudrat uzuklari” serialining kelishuvga hech qanday aloqasi yo‘q.


Tasodifiy xabarlar
"Maymunlar sayyorasi:Qirollik" filmi haqida yangiliklar
Bolalikdan ro'l o'ynagan taniqli kino yulduzlar (Foto)
X odamlar trilogiyasi haqidagi ma'lumotlar (Video)
"Barbi" filmi 2023-yilning eng kassabop filmi bo'ladimi?
Dekster: Qayta tirilish Dexter seriali yangi rasmiy treyleri
Dueyn Jonson yosh avlodning sevimli aktyori deb topildi