Ridli Skott rejissorligidagi “Gladiator-2” filmining suratga olish maydonchasida yong‘in sodir bo‘ldi va buning natijasida bir nechta ekipaj a’zosi jarohatlandi. Loyiha Marokashda suratga olinayotgan edi.
Voqea 7-iyun kuni sodir bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, olti kishiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, to‘rt nafari esa kuyish jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan. Paramount Studios vakilining aytishicha, yong‘indan jarohatlanganlarning ahvoli yaxshi va suratga olish ishlari davom etmoqda.
“Gladiator-2” filmi loyihaning birinchi qismi katta ekranlarga chiqqandan 25 yil o‘tib suratga olinmoqda. Ushbu kinokartina imperator Kommodning (Xoakin Feniks ijroda) jiyani Lusius ( filmda ushbu obrazni Pol Meskal gavdalantirgan) haqida hikoya qiladi. Filmda Denzel Vashington, Pedro Paskal va Jozef Kuin kabi aktyorlar ham ishtirok etgan. “Gladiator-2” filmining chiqarilishi 2024-yilning noyabriga rejalashtirilgan.


Tasodifiy xabarlar
Temir Yurak seriali yangi rasmiy treylerini tomosha qiling
Eng badavlat Bollivud Hind aktyorlari (Video)
"Kungfu panda 4" multfilimidan katta hajmdagi video rolik
"Blackberry" biznes haqidagi ajoyib film haqidagi ma'lumotlar
"Biz barchamiz o'likmiz" seriali kadr orti jarayoni(Video)
"Akvamen 2" filmidan yangi rasmiy treyler namoyish qilindi