Ijtimoiy tarmoqlarda ulg‘aygan Kevin Makkallister ishtirokidagi “Uyda yolg‘iz” filmining davomi uchun soxta treyler tarqaldi.
Syujetga ko‘ra, Garri va Marvin 30 yillik qamoqdan so‘ng nihoyat ozodlikka chiqadi va Kevin Makkallisterdan o‘ch olishga bel bog‘laydi. Lekin 40 yoshli Kevin ularni yana bir bor taʼzirini berish niyatida jinoyatchilar uchun yangidan yangi tuzoqlarni tayyorlagan.
Vaziyat qahramonning bolalikda olgan ruhiy jarohatlarini qo‘zg‘atadi, shuning uchun u ikki marta Rojdestvoda uyda yolg‘iz qoldirgan onasi bilan munosabatlarini tartibga solishga harakat qiladi.
Treylerda Makoley Kalkin, Jo Peshi, Deniel Stern va Ketrin O’harani ko‘rish mumkin. Ularning barchasi zamonaviy texnologiyalar orqali rollariga qaytarilgan. Video muallifi aktyorlar ishtirokida turli film va seriallardan kadrlarni jamlab, ovoz va montaj ustida qayta ishlagan.
Video ikki hafta ichida YouTubeʼda 3 milliondan ortiq ko‘rildi. Bundan tashqari X va TikTok ijtimoiy tarmog‘ida ham qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ko‘pchilik filmning Deepfake (sunʼiy intellektga asoslangan tasvir sintezi texnikasi) yordamida tayyorlangan bo‘lishiga qaramay, to‘liq versiyasini ko‘rishni istaganini aytdi.
Maʼlumot uchun, rejissor Kris Kolumbning “Uyda yolg‘iz” filmi 1990-yilda ekran yuzini ko‘rgan, ikki yildan so‘ng filmning ikkinchi qismi ham chiqarilgan. Keyinchalik “Uyda yolg‘iz” nomi bilan yana uchta film chiqdi, lekin ular asosiy filmlarning mantiqiy davomi emas va filmlarda butunlay boshqacha aktyorlar qatnashgan.
Quyida ushbu treylerni tomosha qilishingiz mumkin.
Tasodifiy xabarlar
Al Pachino nega "Yulduzlar jangi" filmida suratga tushmagan?
Pixar multfilm kompaniyasi haqidagi siz bilmagan ma'lumotlar
"Bizning So'ngimiz" seriali 9 qism uchun rasmiy tizer
Aktyor "Yashil Goblin" ro'liga qaytishga tayyorligi aytdi
Dueyn Jonson muxlislariga murojaat bilan chiqdi!
Futbolchi Messi haqida mini serial suratga olinadi