Tom Xenks “Forrest Gamp”ning muvaffaqiyatiga ishonmagani haqida so‘zlab berdi
Aktyor Tom Xenks 1994-yilda suratga olingan “Forrest Gamp” filmini suratga olish jarayoni haqida gapirib berdi. Ma’lum bo‘lishicha, aktyor dastlab filmning muvaffaqiyatli bo‘lishiga ishonmagan.
Xenksning so‘zlariga ko‘ra, film rejissori Robert Zemekis hatto uni “Gamp” “mina maydoni” bo‘lishidan ogohlantirgan.
— Men Bobga savolim borligini aytdim va, umuman olganda, kimdir bu filmga qiziqadimi, deb so‘radim. Insonlar uning ma’nosini tushunishi uchun hech bo‘lmaganda biror narsa qilishga harakat qilamizmi, dedim. U esa “Bu minalangan maydon, Tom. Minalar maydoni. Biz o‘zimiz halokat urug'ini ekamiz. Har qanday harakat bizning to‘plarimizga putur yetkazishi mumkin” deb aytdi, — deydi Xenks.
Natijada qo‘rquvlar bekorga ketdi: “Forrest Gamp” kinokartinasi oltita “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritdi, shu jumladan, Xenks “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi va dunyo bo‘ylab 678 million dollar ishlab topdi. Film IMDB foydalanuvchilari bo‘yicha tarixdagi 250 ta eng yaxshi filmlar ro‘yxatida 12-o‘rinni egalladi.


Tasodifiy xabarlar
Venom 3: So'ngi raqs filmi O'zbek tilida rasmiy treyler
"Wednesday" seriali 2 - mavsumi suratga olish ishlari qachon boshlanishi ma'lum bo'ldi
Narniya: Sehrgarning jiyani filmidan birinchi rasmiy treyler
Sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan dunyodagi ilk film treyleri e’lon qilindi (video)
"Baxtli Gilmor 2" filmi yangi rasmiy treylerini tomosha qiling
Jenna Ortegaga nima bo'ldi? Aktrisa muhlislarning tanqidiga uchramoqda