Amerika Qo‘shma Shtatlarining Spirit Airlines aviakompaniyasi xatolik sabab, Fort-Mayersga buvisining oldiga uchishi kerak bo‘lgan olti yoshli Kasper ismli bolaning Orlandoga uchishiga sababchi bo‘ldi.
Bu Kasperning birinchi parvozi va u yolg‘iz uchgan. Bola parvozga ro‘yxatdan o‘tgan, lekin nima uchundir noto‘g‘ri samolyotda uchgan. Ammo yuklari to‘g‘ri manzilga borgan.
Fort-Mayers aeroportidan nabirasini topa olmagan Mariya Ramos Orlandogacha 320 kilometrdan ortiq yo‘lni bosib o‘tishiga to‘g‘ri kelgan. Aviakompaniya xarajatlarni qoplashni taklif qildi, lekin Mariya nima sababdan bunday bo‘lganini tushuntirib berishlarini so‘radi.
“Ular menga telefon qilib, nima sababdan nabiram Orlandoga borib qolganini tushuntirib berishlarini xohlayman. Bu qanday sodir bo‘ldi? Uni boshqa samolyotga o‘tkazishdimi? Nahotki styuardessa bolani oyisi hujjatlari bilan joyiga o‘tqazib ketganidan keyin ketishiga qarab turgan”, — deydi Mariya.
Yakunda Spirit Airlines aviakompaniyasi bayram oldidan aeroportlardagi katta tirbandlik sabab xatoga yo‘l qo‘yganini tan oldi. Shu bilan birga, 5 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga mamlakat ichida kattalar hamrohligisiz sayohat qilish imkonini beruvchi aviakompaniya Kasperning undan keyingi safarlarida doimo xodim bo‘lishini taʼkidladi.
Voqea qaysidir maʼnoda “Uyda yolg‘iz-2” filmining sujetini eslatib yuboradi. Unda bosh qahramon 10 yoshli Kevin Makkallister tasodifan Nyu-Yorkka uchayotgan samolyotga o‘tiradi. Uning oilasi va qarindoshlari Floridaga uchib ketayotgan edi.
Avvalroq tarmoqlarda “Uyda yolg‘iz-3” filmining soxta, lekin reallikka yaqin treyleri paydo bo‘lgan edi.
Tasodifiy xabarlar
Shirinlik — yashirin ishora edimi? “Kalmar o‘yini” seriali haqida yangi ma'lumotlar
Andor seriali 2 mavsumi fasli yangi rasmiy treyleri
"Van pis" One piece bir bo'lak seriali kadr orti jarayoni (Video)
Pixar animatsion studiyasi 2024-yilda xodimlarni ommaviy ravishda qisqartiradi
Pixar multfilm kompaniyasi haqidagi siz bilmagan ma'lumotlar
“Oskar” mukofotiga yana bir nominatsiya qo'shildi