Gollivud aktyori Tom Holland GamesRadar nashriga bergan intervyusida yangi “O‘rgimchak odam: mutlaq yangi kun” filmi haqida batafsil ma’lumot berdi. U avvalgi filmlarga nisbatan suratga olish jarayoniga qanday o‘zgartirishlar kiritilishini so‘zlab berdi.
Aktyorning aytishicha, COVID-19 pandemiyasi tufayli yopiq pavilyonlarda suratga olingan “O‘rgimchak odam: uyga yo‘l yo‘q” filmidan farqli ravishda, yangi qismda ko‘plab sahnalar ochiq havoda, shahar ko‘chalarida tasvirga olinadi.

“Men franshizaga qaytganimdan nihoyatda xursandman. O‘rgimchak odam rolini ijro etish bu eski do‘sting bilan yana uchrashishdek go‘yo. Oxirgi filmda biz pandemiya sabab ancha cheklovlarga duch kelgan edik. Hammasi maxsus yopiq maydonlarda suratga olingandi. Endi esa biz klassik kinotasvirga qaytamiz va haqiqiy joylarda ishlaymiz. Shu bois suratga olishni avvalo Glazgoda boshlaymiz”, deya o‘rtoqlashdi Holland.

Filmni suratga olish ishlari joriy yil avgust oyida boshlanadi. Unga Destin Deniyel Kretton rejissyorlik qiladi — u ilgari “Shang-Chi” filmi orqali tanilgan. Filmda Holland bilan birga Zendaya (MJ) va Jeykob Batalon (Ned) qaytadi. “O‘rgimchak odam: mutlaq yangi kun” filmi 2026-yil 31-iyulda katta ekranlarga chiqishi rejalashtirilgan. Bu Marvel kinematografiya olamining oltinchi bosqichidagi yirik loyihalardan biri bo‘ladi.
Tasodifiy xabarlar
Moana multfilmi plagiatmi? Animator Disneyni sudga berdi
Lilo va Stich filmidan yangi rasmiy tizer-treyler
Wednesday 2 - mavsumi haqidagi ilk video rolik
"Forsaj 10" filmi o'zbekcha toliq tahlili (Video)
Kianu Rivz “Jon Uik 4”da bosh qahramon o'limini o'zi hohlaganmi?
"Napoleon" filmi haqidagi ma'lumotlar film tahlili (Video)