Yaqinda 61 yoshga to‘lgan Tom Kruz nafaqaga chiqishni rejalashtirmayotganini va yana kamida 20 yil davomida “Uddalab bo‘lmas topshiriq” filmining yangi qismlarida suratga tushish niyatida ekanini bildirdi. Bu haqda aktyor Sidneydagi franshizaning navbatdagi qismi premyerasida ma’lum qildi.
Bu holatga misol tariqasida yaqinda “Indiana Jons va taqdir g‘ildiragi” blokbasterida suratga tushgan 80 yoshli ekran afsonasi Xarrison Fordni keltirish mumkin.
“Xarrison Ford — afsona. Unga yetib olishim uchun 20 yil bor. Umid qilamanki, men uning yoshiga yetgunimcha ‘Uddalab bo‘lmas topshiriq’ filmlarini suratga olishda davom etaman”, — deydi Tom Kruz.
“Uddalab bo‘lmas topshiriq: O‘lim to‘lovi” filmi 12-iyulda butun dunyo bo‘ylab premyera qilinadi. Yangilikni tanqidchilar iliq kutib oldi. Bu Tom Kruz super josus Itan Xant rolini o‘ynagan mashhur franshizaning yettinchi qismi bo‘ladi. Aktyor ushbu filmning birinchi qismini 1996-yilda, 34 yosh bo‘lganida suratga olgan.
Tasodifiy xabarlar
Uyda yolg'iz filmi aktyorlari xozirgi kunda qanday ko'rininishda? (video)
"Chuqur" serialini suratga olishdagi o'xshamagan kadrlar
Oppog'oy filmi haqidagi dastlabki sharxlar qanday bo'ldi?
Jodugar seriali 4 mavsumi faslidan yangi rasmiy treyler
Aktrisa Emi Adams Supermen qaytganidan xursand!
Freddinikida besh kecha 2 filmidan birinchi rasmiy treyler