Disney'ning yangi “Oppog'oy" filmi tomoshabinlarni ikkiga bo‘ldi
Disney tomonidan suratga olingan yangi "Oppog'oy" filmi kutgan natijani bermadi. Rotten Tomatoes saytida atigi 47% reyting olgan kartina tomoshabinlar va tanqidchilar tomonidan qattiq tanqid qilindi. Asosiy e'tirozlar sust ssenariy, sifatsiz kompyuter grafikasi va G'al Gadotning ishonarsiz ijrosi bilan bog‘liq bo‘ldi. Ko‘pchilik remeyk 1937-yilgi klassik multfilmning sehri va jozibasini yetkazib bera olmaganini ta’kidladi.

Shunga qaramay, filmning ba’zi jihatlari ijobiy baholandi. Rashel Zeglerning "Oppog'oy" rolidagi ijrosi, ayniqsa, uning vokal mahorati va xarizmatik obrazi e’tirofga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, ba’zi tanqidchilar filmning klassik hikoyaga yangicha yondashuvi va undagi o‘zgarishlarni jasorat sifatida ko‘rishdi.
Biroq, ko‘pchilik tomoshabinlar uchun bu kartina kutilgan natijani bermadi. Hatto bir tanqidchi hazilomuz tarzda “Yemagan loyiha uchun $250 million sarflash – bu ham bir san’at, lekin qorong‘u san’at”, deb izoh berdi.

Eslatib o'tamiz film 21 - martdan boshlab kinoteatrlarda premyera qilina boshladi.
Siz filmni ko‘rmoqchimisiz yoki klassik versiyaga sodiq qolishni afzal ko‘rasizmi? Fikrlaringizni kutamiz!
Tasodifiy xabarlar
"Baghead" filmi O'zbekcha rasmiy treyler yangi qo'rqinchili film
Tom va Jerri yangi qismlari multfilm yana ekranlarga qaytmoqda
Tayyormisan yoki yo'q 2: Men kelyapman filmidan birinchi rasmiy treyler
“G'alati Narsalar: 85 yil hikoyalari” multseriali yangi rasmiy multfilm treyleri taqdim etildi
"Soya va Suyak" seriali 2 mavsum,fasl uchun treyler
2022 yildagi eng mashxur seriallar va filmlar qaysilar?