Garri Potter haqidagi filmlar yulduzi, britaniyalik aktrisa Emma Uotson Oksford universitetining yozuvchilik mahorati kursiga o‘qishga kirdi.
Qayd etilishicha, aktrisa magistr darajasini sirtdan o‘qib, oladi. Uning o‘qishi ikki yil davom etadi. Ta’lim jarayoni ma’ruzalardan tashqari tadqiqot stajirovkasini ham o‘z ichiga oladi.
Emma Uotson bir nechta dars mashg‘ulotida ishtirok etadi. Biroq asosiy bilimlarni u onlayn oladi.
“Ushbu kurs yoshi katta talabalar, shuningdek, ishlaydiganlarga moslashtirilgan. Shuning uchun Emma o‘z kun tartibida o‘qish uchun vaqt topa oladi”, — deydi aktrisaning yaqinlaridan biri.
Shuningdek, universitet xodimlari aktrisa darslarga bir nechta tan soqchisi bilan birga kelishi haqida ogohlantirildi.
Nyu-York shahrida o‘tkazilgan moda haftaligida Chad Maykl Busto ismli muxlis aktrisaning grimxonasiga bostirib kirishga uringanidan so‘ng Emma tan soqchilar yollashga majbur bo‘lgan.


Tasodifiy xabarlar
Javohir Zokirov rol ishonarli chiqishi uchun haqiqiy kallakesar bilan suhbatda bo‘lgani haqida gapirdi
Fantastik to'rtlik: Birinchi qadamlar O'zbek tilida film rasmiy treyleri
"Kalmar o'yini" reality shousining rasmiy treyleri taqdim etildi
Ilon Mask haqida film suratga olinmoqda
Kino yulduzlari haqida siz eshitmagan 10 ta fakt!
"Sherlok" serialining davomi suratga olinadimi?