Jang san’ati ustasi va taniqli xitoylik aktyor Jeki Chan Shanxay Lin Shan kasalxonasiga olib ketildi. Bu haqda 25-dekabr, dushanba kuni Meta MMA portali xabar berdi.
Tasdiqlanmagan maʼlumotlarga ko‘ra, 69 yoshli aktyorning ahvoli og‘ir, shifokorlar unga barcha zarur yordamni ko‘rsatmoqda. OAV ta’kidlaganidek, Jeki Channing kasalxonaga yotqizilgani haqidagi barcha xabarlar Xitoy ijtimoiy tarmoqlaridan faol ravishda o‘chirilmoqda. Bundan tashqari, ushbu ma’lumotni baham ko‘rgan foydalanuvchilarning akkauntlari bloklanyapti, deb yozadi Meta MMA.
Hozirda bu haqda rasmiy ma’lumot, shuningdek, aktyorning qarindoshlari yoki yaqinlaridan rasmiy izoh yo‘q.
Avvalroq Sony Pictures kompaniyasi “Karate bolakay-2” filmining aktyorlar tarkibini e’lon qilgan edi. Filmdagi asosiy rollardan birini kartinaning birinchi qismida bosh rolni ijro etgan Jeki Chan o‘ynashi kerak edi.
69 yoshli Jeki Chan kinodagi faoliyatini kaskadyor sifatida boshlagan, ba’zida kameolarda va kichik rollarda ham suratga tushgan. Jeki Changa muvaffaqiyat keltirgan film 1978-yilda suratga olingan “Burgut soyasidagi ilon” komediyasi bo‘lgandi.


Tasodifiy xabarlar
Aktyor Jerar Depardye zo'ravonlikda ayblanmoqda
Monarx : Maxluqlar merosi seriali suratga olish jarayoni (Video)
Jonni Depp uzoq tanaffusdan yangi filmda
Yovuzlik sehrgari "Voldemort" qaytishi mumkin.!
Derriga xush kelibsiz seriali Masqaraboz U seriali yangi rasmiy treyleri
Pixar multfilm kompaniyasi haqidagi siz bilmagan ma'lumotlar