Javohir Zokirov YouTube’dagi “NmaGap” loyihasiga bergan intervyusida “Sotqin” filmidagi roli, otasi bilan bog‘liq armoni va katta mablag‘ sarflangan filmining muvaffaqiyatsizligi haqida gapirdi.
— “Sotqin” filmidagi rol o‘zidan o‘zi meniki bo‘lib qolmagan. Unga erishishim oson kechmagan. Birinchi videosinovdan o‘tolmaganman. Shunda “kattalar” rol protatipini ko‘rmagan, shuning uchun uni o‘ynolmayapti, deyishgan. Shundan keyin meni turmaga olib borishgan. Uch soat u yerda bo‘lib, suhbatlashganman. Keyin rolni ijro etganimda “juda zo‘r” deyishgan. Shunda men qahramonim qanday bo‘lishini tushundim. Ular hech narsadan qaytmas insonlar ekanligini bilganman. Ssenariy muallifiga ham “Bu mening rolim, boshqa hech kim o‘ynolmaydi”, deganman. Chunki bu rol tomoshabinlarga yoqishini oldindan bilganman.
Farrux Soipov “Sotqin”da oxirgi rolini ijro etdi. O‘sha paytda u ruhiy tushkunlikka tushib qolgandi. Kinoda kelajagini ko‘rolmay, hafsalasiz bo‘lib qolganini sezish qiyin emasdi. Hatto kinoga tushishni ham xohlamay qolgandi. Shunda Farruxga “Film tarixda qoladi, odamlar ko‘radi. Keyinchalik uni ko‘rib afsuslanmaslik uchun rolni maromiga yetkazib ijro etgin. Odamlar ko‘rib, mana o‘zbeklar ham shunaqa zo‘r kino olishibdi, deyishsin”, deganman.
“Sotqin”da ko‘rsatilmagan voqealar juda ko‘p bo‘lgan. Chunki uch soatlik uchrashuv davomida shunaqa vahshiyliklar haqida eshitganman. Masalan, prokurorning burni va qulog‘ini kesib tashlashgan. Albatta, bunday vahshiyliklarni kinoda ko‘rsatib berib bo‘lmasdi.
Butun dunyoda bir film muvaffaqiyatga erishsa, albatta, uning davomi chiqadi. Bizda esa “Sotqin”ning davomi chiqmadi, — deydi Javohir Zokirov.
Aktyor katta mablag‘ sarflangan filmi muvaffaqiyatga erishmagani haqida gapirdi.
— “To‘ylar muborak-2” nomli filmga rejissorlik qilganman. Unga prodyuserlik qilib, bosh rolni ham o‘zim ijro etganman. Bir kompaniya uni suratga olishga juda katta mablag‘ ajratgan. Hamma pulni beminnat kinoga sarflaganman. Ammo bu filmdan bir tiyin ham mablag‘ ishlamaganman. Chunki o‘sha vaqtda rejissor Said Muhtorov “Faryod” nomli filmini suratga olgandi. Masalan, men filmimga 70 ming AQSH dollari sarflagan bo‘lsam, u 7 ming AQSH dollari tikkan. Ammo men 7 AQSH dollari ham mablag‘ topmaganman, u inson esa sarflaganidan o‘n barobar ko‘proq foyda olgan. “Faryod”da dard bor, shu narsa bilan butun kassaning pulini olib ketdi, — deydi Javohir Zokirov.
Aktyor otasi Jamshid Zokirovning xizmatida bo‘lolmaganidan afsuslanishi haqida gapirdi.
— Ota-onam bilan kamdan kam gaplashardik. Chunki ular ertalabdan kechgacha ishda bo‘lishgan. Shu boisdan bolalikdan ko‘p vaqtim ko‘chada o‘tgan. Adam o‘limidan oldin bir yil kasallik bilan kurashdi. Ishonasizmi, bir yilda kasallik odamni yeb bitirar ekan. Oilamiz bilan uni davolatishga harakat qildim. “Adam o‘ladi”, deb umuman o‘ylamasdim, sog‘ayib ketishiga ishonganman. Hozir o‘ylab qarasam, o‘sha vaqtda ish ko‘p, deb adamga yetarlicha eʼtibor berolmaganman. Buvim rahmatli Shoista Zokirova televizor ko‘rayotib “Nega Baxtiyor kinolarda kam chiqyapti?” deb so‘rardi. Bilsangiz, amakim ham o‘z vaqtida mashhur aktyor bo‘lgan. “Ha chiqyapti, endi ko‘rsatishsa kerak”, desam, “Yo‘q, u meni ko‘rgani kelmayapti, duoyimni olmayapti”, derdi. Hozir o‘ylab qarasam, ota-onaning duosida ko‘p gap bor ekan. Men buni adamni yo‘qotgandan keyin yaxshiroq his qilyapman, — deydi aktyor Javohir Zokirov.
Tasodifiy xabarlar
Eng qo'rqinchili ujas filmlar Top - 9 (Video)
Titanik filmi aktyorlari xozir qanday ko'rinishda?(Video)
"Garri Potter" filmi qahramonlari bolalar ko'rinishida(Foto)
Rejissor: aktyor Uill Smit haqida fikrini bildirdi!
“Avatar” filmining 3-qismi qachon ekranga chiqishini maʼlum.
"Venom 3" filmi suratga olinadi bu haqida Sony kompaniyasi habar bergan.