“Dyuna. Ikkinchi qism” filmi nafaqat rejissyor Deni Vilnyov karyerasidagi, balki jahon prokatidagi eng ommabop filmga aylandi. Bu haqda People Talk nashri xabar bermoqda.
Sikvelning AQSH va butun dunyodagi umumiy prokati 2021-yilda chiqqan “Dyuna” ning birinchi qismi (433 million dollar) dan ham o‘zib ketdi.
Film ilk bor AQSHda namoyish etildi va uch kun ichida 81,5 million dollar to‘pladi. Taxminan ikki hafta davomida filmning kassa daromadi salkam 500 million dollarni tashkil etdi.
Filmda Pol Atrid va fremenlarning afsonaviy sayohati haqida hikoya qilinadi. Ular oilasini vayron qilganlardan qasos olish va galaktikani yovuz baron Xarkonnendan qutqarish yo‘lida birlashadi.


Tasodifiy xabarlar
Uch bahodir va yerning markazi multfilimidan yangi rasmiy treyler
"Qasoskorlar" qaysi prezidentga ovoz berishadi? (Video)
Eksklyuziv video: Toshkentdagi birinchi IMAX kinoteatriga sayohat
"Yuruvchi murdalar: Derik Dikson" serialidan yangi treyler
Joan Rouling “Garri Potter”dagi qaysi qahramonini “o‘ldirganidan” afsuslangani haqida so‘zlab berdi
"Arnold" mashhur kino aktyor haqidagi mini serial treyleri