Gollivudning Shon sharaf xiyobonida 40 yoshli mashhur aktyor Kris Hemsvort o‘z yulduziga ega bo‘ldi.
Uni qo‘llab-quvvatlash uchun taqdirlash marosimiga ota-onasi Kreyg va Leoni, rafiqasi Elza Pataki, shuningdek, farzandlari — 12 yoshli qizi va 10 yoshli egizak o‘g‘illari Tristan va Sasha kelgan. Marosimda aktyorning do‘sti kichik Robert Dauni ham ishtirok etgan.
Robert Dauni taqdirlash marosimi oldidan “superqahramonlar” jamoasining har bir a’zosidan Kris Hemsvortga bo‘lgan munosabatini so‘rab chiqqan. “Temir odam” o‘z intervyusi natijalarini taqdirlash marosimi paytida e’lon qilgan.
Men “Qasoskorlar” filmidagi hamkasblarimga Kris Hemsvort ular uchun kimligini so‘rab, murojaat qildim. Mark Ruffalo uni eng yaxshi hamkasb deb, Kapitan Amerika esa uni “eng yaxshi ikkinchi Kris” deb atadi, — deydi Robert.


Tasodifiy xabarlar
Wednesday 3 mavsumi fasli venzdey seriali 3 mavsumi yangi rasmiy treyleri
Temir odam" filmi yana bir ajoyib natijani zabt etdi!
"Yashirin bosqin" seriali 5 qismi o'zbekcha tahlili
Dekster: Qayta tirilish Dexter seriali yangi rasmiy treyleri
Tom va Jerri yangi qismlari multfilm yana ekranlarga qaytmoqda
"Yigit so'zi" seriali qahramoni Adidas yangi loyihada ishtirok etadi