“Warner Bros.” studiyasi rahbariyati “Garri Potter” haqidagi filmlarni boshqa aktyorlar ishtirokida qaytadan suratga olmoqchi.
Franshizaning birinchi qismi kelgusi 5 yil ichida suratga olinishi rejalashtirilgan. Aktyorlar tarkibi tez kunlarda maʼlum boʻladi. Xabarlarga koʻra, film syujetida ham maʼlum oʻzgarishlar boʻlishi kutilmoqda.
Ijodkorlar filmning yangi talqini franshiza bilan tanishib ulgurmagan yosh tomoshabinlar uchun moʻljallanishini aytib oʻtishgan.
Biroq, “Warner Bros.” studiyasi bu haqida rasman eʼlon qilganicha yoʻq. Shunga qaramasdan, serialga Chenning Dangi prodyuserlik qilishi maʼlum.

Tasodifiy xabarlar
Wednesday 2 - mavsumi haqidagi ilk video rolik
"Pinokkio" ertagi yangi talqinda(Treyler)
"Yovvoyi robot" animatsion filmidan yangi rasmiy treyler
"Avatar 2: Suv Yo'li" filmi kadr orti jarayoni (Video)
Freddinikida besh kecha 2 filmi yangi rasmiy treyleri
Netflix "Sen" serialining to'rtinchi fasli treylerini taqdim etdi