Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning rafiqasi Netflix kompaniyasi tomonidan suratga olinayotgan "Emili Parijda" filmida suratga tushadi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 70 yoshli Brijit Makron 2-aprel kuni syomka maydonchasida bosh rol o‘ynaydigan aktrisa Lili Kollinz bilan ko‘rinish bergan. U "Emili Parijda" serialining to‘rtinchi mavsumida rol ijro etishi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, filmning uchinchi mavsumi Netflix platformasida 2022-yil 21-dekabrda chiqarilgandi. Uning to‘rtinchi mavsumini suratga olish Fransiya poytaxtida yoz oxiri yoki kuzning boshida boshlanishi rejalashtirilgan edi, biroq Amerika Yozuvchilar uyushmasi a’zolarining ish tashlashi tufayli kamida ikki oyga kechiktirilgan.

Tasodifiy xabarlar
"Trollar 3" animatsion filmidan yangi rasmiy tizerni tomosha qiling
Titanik filmi aktyorlari xozir qanday ko'rinishda?(Video)
Avatar 3: Olov va Kul filmidan yangi rasmiy treyler namoyish qilindi
Forsaj 11 filmi haqidagi yangi ma'lumotlar
Yangilangan "Garri Potter" filmini ko'ramiz!
Dueyn Jonson yosh avlodning sevimli aktyori deb topildi