Amerikalik reper 50 Cent (asli ismi Kertis Jekson) “Paramount+” studiyasi bilan hamkorlikda kriminal serial suratga oladi. Serialga “Vice City” deya nom berish rejalashtirilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, serialda oʻtgan asrning 80-yillaridagi voqealar aks ettiriladi. 3 nafar askar Eronga noqonuniy yoʻllar bilan qurol-yarogʻ yetkazib berish operatsiyasiga aloqadorligi tufayli qurolli kuchlar safidan haydab yuboriladi va ular ona vatani – Mayamiga qaytadi. Sobiq askarlar kolumbiyalik muhojir bilan hamkorlik qilib, jinoiy guruh tashkil etishadi.
Serial senariysi ustida “Transformerlar: Mahluqlar yuksalishi” loyihasi orqali koʻpchilikka tanish boʻlgan Darnell Metayer va Josh Piters ish olib bormoqda. Serialning qachon taqdim etilishi esa hozircha ochiqlanmagan.

Tasodifiy xabarlar
"Qora Pantera : Boqiy Vakanda" filmi yana bir rekord o'rnatdi
Qizil filmidan yangi rasmiy treylerni tomosha qiling
"Maymun odam" filmidan ilk rasmiy treyler namoyish qilindi
"Flesh" filmidan yangi ikkinchi rasmiy treyler (Video)
"Loki" seriali 2 - mavsumi to'liq O'zbekcha tahlili (Video)
Klassik multfilmlarni yangi qismlarini ko'ramizmi?